O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida



Download 0,51 Mb.
bet2/5
Sana29.04.2017
Hajmi0,51 Mb.
#7812
1   2   3   4   5

To‘ldirilmoqda


8-modda. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash bo‘yicha tashabbus taklifi

O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa, - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tashabbus taklifi kiritishlari mumkin.

Tashabbus taklifiga xalqaro shartnomaning dastlabki loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning to‘liq matni yoxud ularning asosiy qoidalari va unga qo‘shimcha hujjatlar davlat tilida yoki, zarur hollarda, boshqa tillarga tarjimalari bilan, shuningdek ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga muvofiq bo‘lgan tushuntirish xati ilova qilinadi.

Chet el tomonining xalqaro shartnoma tuzish haqidagi tashabbus taklifi xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan ushbu moddada o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa, - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi.

Amaldagi Qonunda xalqaro shartnomalarni tuzish va ekspert darajasida kelishish tartibi ko‘rsatilmagan. Bu masalalar Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000y. 473-sonli va 12.01.1998y. 15-sonli qarorlari bilan tartibga solingan.

Qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash va shartnomalar ishlab chiqish jarayoni sifatini oshirish maqsadida ushbu moddaga yuqorida kayd etilgan normativ-huquqiy hujjatlar normalari tegishli tahririy o‘zgartishlar bilan kiritlgan.

Mamlakatda shakllangan amaliyotdan kelib chiqib, alohida holatlarda xalqaro shartnoma loyihasini ekspert darajasida ishlab chiqishdan oldin, ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga uning roziligini olish uchun kiritilishi mumkin.

Bunday shartnomalar davlatlararo, hukumatlararo hamda idoralararo tusda bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib moddaga tegishli tezizlar kiritildi.


To‘ldirilmoqda


9-modda. Tushuntirish xati
Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasi bo‘yicha tushuntirish xatida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

xalqaro shartnomani tuzishning O‘zbekiston Respublikasi uchun maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini asoslantirish, shu jumladan uning tuzilishidan kutilayotgan natijalar hamda xalqaro shartnoma tuzish orqali o‘z yechimini topadigan masalalar to‘g‘risida ma’lumot;

xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinadigan, o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritiladigan va (yoki) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborot;

zarur hollarda, xalqaro shartnomani tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy hamda boshqa oqibatlarining baholanishi.

Tushuntirish xati xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan tayyorlanadi va mazkur organ rahbari tomonidan (uning yo‘qligida esa – birinchi o‘rinbosari tomonidan) imzolanadi.

Ushbu moddada Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000y. 473-sonli va 12.01.1998y. 15-sonli qarorlari qoidalari xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan kiritilgan.

Xalqaro shartnoma loyihasiga tushuntirish xatini tayyorlash talabi mamlakatda shakllangan amaliyotga, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga tushuntirish xatini tayyorlash talablariga mos keladi.



Bundan tashqari mazkur amaliyot xorijiy tajribaga ham tayanadi. Xususan, Avstraliyada xalqaro shartnomalar loyihalariga yoki ko‘p tomonlama bitimlarga qo‘shilish takliflariga tushuntirish xatini tayyorlash majburiyati mavjud.



To‘ldirilmoqda



10-modda. Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, alohida hollarda esa - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.

Ekspertlar darajasida ishlab chiqish xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertiza o‘tkazadi.

Zarur hollarda, ekspertlar darajasida ishlab chiqish davomida xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va ko‘rib chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat bo‘lgan idoralararo komissiya yoki ishchi guruh tashkil qilinishi mumkin.

Basharti xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq davlat organlari vakolatiga kirsa, barcha takliflarni umumlashtirish, xalqaro shartnoma loyihasini qayta ko‘rib chiqish va uning davlat tilidagi yoki, zarur hollarda, boshqa tilda uning matnini tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organiga yuklatiladi.

Ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakuni bo‘yicha xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza o‘tkazilganidan so‘ng, xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirokining maqsadga muvofiqligi masalasi ushbu Qonunning

13-moddasida o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy qarorini olganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtiroki masalasini chet el tomoni bilan ishlab chiqadi.

Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi davlat organining rahbari xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtiroki masalasini ishlab chiqishning butun bosqichiga javobgar bo‘ladi.

Qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ta’minlash maqsadida yangi modda Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000y. 473-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartib qoidalarini o‘z ichiga olgan.

Mamlakatda shakllangan amaliyotdan kelib chiqib, alohida holatlarda xalqaro shartnoma loyihasini ekspert darajasida ishlab chiqishdan oldin, ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga rozilik olish uchun kiritilishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib moddaga tegishli tezizlar kiritildi.

Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining (O‘zbekiston Respublikasining 10.09.2012y. O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan) IV bo‘limiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mamlakat tashqi siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Shuning uchun TIVni shartnomalar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldingi bosqich sifatida belgilash taklif etiladi.

Amaliyotda shunday holatlar bo‘ladiki, unga ko‘ra vazirlik va idoralar xalqaro shartnomalarni TIV bilan kelishganidan so‘ng, TIVga xabar bermasdan ahamiyatli o‘zgartishlar kiritadilar. Bu esa o‘z o‘rnida TIVning huquqiy ekspertizasi natijalarini pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu norma vazirlik va idoralar rahbarlarining xalqaro shartnomalar loyihasini tayyorlash va ularni ishlab chiqish bo‘yicha mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Taklif xorijiy tajribaga ham mos keladi. Xususan, Belorussiyaning “Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasida o‘xshash qoidalar mavjud.




To‘ldirilmoqda


11-modda. Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizasi

Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni ekspertlar darajasida ishlab chiqilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida majburiy huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Huquqiy ekspertiza qilishda xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining:

xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsip va normalariga;

O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlariga;

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga;

yuridik texnika talablari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini rasmiylashtirish amaliyotiga muvofiqligi tekshiriladi.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga qo‘yidagilar kiritiladi:

davlat tilidagi yoki zarur hollarda boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni;

ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga muvofiq bo‘lgan tushuntirish xati;

O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari, shu jumladan qiyosiy jadval ko‘rinishidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizasining natijalari;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘rib chiqilayotgan masala predmetiga oid boshqa zarur materiallarni talab qilib olishga haqli.


TIVning huquqiy ekspertizasi predmetlarini aniqlashtirish va davlat organlari vazirlikka taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxatini tuzish, shuningdek loyihalarni (shartnomalarga qo‘shilish masalalarini) har tomonlama va chuqur o‘rganish uchun yangi modda qo‘shilmoqda.

Keltirilgan qoidalar TIV to‘g‘risida Nizomga (VMning 1994 yil 16 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan) mos keladi. Unga ko‘ra vazirlik va idoralar TIVga xalqaro shartnomalar loyihalarini (qo‘shilish masalasini) yoki tashqi faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertiza o‘tkazish uchun Vazirlikka taqdim etadilar.

Taklifni qonun darajasida o‘rnatilishi respublika uchun istiqbolli bo‘lgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzishga imkoniyat ko‘paytiradi. Bu esa o‘z o‘rnida Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining (O‘zbekiston Respublikasining 10.09.2012y. O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan) amalda qo‘llanishi samarasini yanada oshiradi.


To‘ldirilmoqda


12-modda. Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining boshqa turdagi ekspertizasi
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, lingvistik, shuningdek boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.

Ekspertlar darajasida ishlab chiqishda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinishlari mumkin.

Ekspertlar xulosalari tavsiyaviy hususiyat kasb etadi va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Boshqa turdagi ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifi asosida qabul qilinadi.

Yangi modda O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralariga boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z o‘rnida xalqaro shartnoma tuzishdan kelib chiqadigan oqibatlarni chuqur tahlil qilishga, loyihalar sifatini baholashga, ularning asosliligi va qonuniyligini aniqlashga ko‘maklashadi.

O‘xshash amaliyot AQSh, Singapur va Qozog‘istonda keng qo‘llaniladi.





8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar esa — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar.


O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

Boshqa vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar.



Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.

To‘ldirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi.

Xalqaro shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat bo‘lganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni o‘z ichiga olishi kerak.




(Xatboshi 10-moddaning uchinchi qismi sifatida izoh etilgan)

Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki ko‘rib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi.

13-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risida taklif


Chiqarib tashlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risida taklifni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.


Chiqarib tashlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining davlat organi tomonidan kiritiladi.
Chiqarib tashlanmoqda

Xalqaro shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklifda shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matni yoki ularning asosiy qoidalari, ushbu Qonunning 9-moddasi talablariga muvofiq bo‘lgan tushuntirish xati, O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari xulosalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining ular tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha xulosalari ko‘rsatilishi lozim.



Ko‘chirilmoqda


Ushbu bandni chiqarib tashlash taklif qilinmoqda. Uning qoidalari moddaning ikkinchi qismida mujassamlashgan, ikkinchi qismi esa, yuqori turuvchi organlarning xalqaro shartnomalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatlarini aniq belgilash orqali shakllangan amaliyotga moslashtirilgan.


Loyiha matnida atamalarni bir xil qo‘llash maqsadida tahririy xususiyat kasb etuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Tahririy o‘zgartishlar.

Loyiha matnida atamalarni bir xil qo‘llash maqsadida tahririy xususiyat kasb etuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Loyiha matnida atamalarni bir xil qo‘llash maqsadida tahririy xususiyat kasb etuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Xalqaro shartnomalarni tuzish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyati chiqarib tashlanmoqda.

Qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek ushbu moddaga xalqaro idoralararo shartnomalarga oid yangi qoidalar qo‘shilganligi munosabati bilan mazkur xatboshini chiqarib tashlash taklif etiladi.
Qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ta’minlash maqsadida kiritilayotgan band Vazirlar Mahkamasining 12.01.1998y. 15-sonli qaror bilan tasdiqlangan tartib qoidalarini o‘z ichiga olgan.

Qonun loyihasining 8-moddasi mohiyati takrorlanishini oldini olish maqsadida ushbu normani chiqarib tashlash taklif etiladi.

Loyihaning 9- va 10-moddalarini inobatga olib texnik xususiyat kasb etuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Xatboshi 10-moddaning uchinchi qismi sifatida izoh etilgan.



9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi.

Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda kiritadilar.

Chiqarib tashlanmoqda


Ushbu moddani chiqarib tashlash taklif qilinmoqda, uning mohiyati loyihaning 8-moddasida aks ettirilgan. “O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari” atamasi TIAISVga ham taalluqlidir. Bundan tashqari yangi qonun loyihasida alohida sohadagi xalqaro shartnomalarni ajratish imkoniyati chiqarib tashlanmoqda (masalan: savdo-iqtisodiy hamkorlik, texnik ko‘maklashish sohalarida va boshqalar).

Bundan tashqari, TIAISV aytib o‘tilgan sohalarda xalqaro shartnomalarni tuzish tashabbus takliflarini TIV bilan kelishilmagan holda yuqori turuvchi organlarga kiritishi Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining IV bo‘lim 35-band mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Unga ko‘ra : «TIV mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lini ta’minlash hamda amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan davlat organlari tizimida markaziy bo‘g‘in hisoblanadi».




10-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.

Chiqarib tashlanmoqda


Amaldagi Qonunning 10-moddasi qoidalari loyihaning 13-moddasida aks etganligi sababli uni chiqarib tashlash taklif etiladi.

11-modda. Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar

Muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risidagi qarorlar:

1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;

2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;

3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish