“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasiga
TAQQOSLASh JADVALI
Amaldagi tahrir
Taklif etilayotgan tahrir
Asoslash
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
(yangi tahriri)
I. Umumiy qoidalar
1-bob Umumiy qoidalar
1-modda. Qonunning vazifalari Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish, shuningdek ularning bajarilishini monitoring qilish tartibini belgilashdan iborat.
Qonunning asosiy vazifalariga batafsil ta’rif berish maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda. Mazkur tahrir O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik texnikasi talablaridan kelib chiqqan.
2-modda. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
To‘ldirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, to‘xtatiladi, to‘xtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatish, to‘xtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim bo‘lgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritadilar.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek ushbu Qonun hamda shartnomalarning o‘zida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq tuziladi, bajariladi, to‘xtatiladi va bekor qilinadi.
Chiqarib tashlanmoqda
Ko‘chirilmoqda
Qonunchilik texnikasi, shuningdek qonun ijodkorligi amliyotidan kelib chiqib qo‘shimchalar kiritilmoqda.
“Xalqaro shartnoma” tushunchasi 4-moddaga kiritilishi munosabati bilan chiqarib tashlanmoqda.
Mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida 33-moddaga ko‘chirilmoqda.
To‘ldirilmoqda
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Mazkur yangi modda xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimidagi o‘rni va mohiyatini belgilash maqsadida kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining preambulasi, 17-moddasi va Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining (O‘zbekiston Respublikasining 10.09.2012y. O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan) II bo‘lim beshinchi xatboshisiga muvofiq umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalari davlat ichki normalaridan ustuvorligi tan olinadi.
Ishtirokchilari 110 ta davlatlardan ortiq bo‘lgan 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 26- (Pacta sunt servanda) va 27-(Ichki huquq va shartnomalarga rioya etish) moddalaridan kelib chiqib, har bir shartnoma uning ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi, shuningdek milliy qonunchilik shartnomani bajarmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
Yuqoridagilar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mamlakatning huquqiy tizimini ajralmas qismiligiga guvohlik beradi.
Ushbu taklif xorijiy tajribaga ham mos keladi. Misol uchun, ba’zi davlatlarda ularning asosiy qonunlariga ko‘ra xalqaro shartnoma milliy qonunchilikdan ustuvor hisoblansa (Fransiya, Gruziya, Turkmaniston), boshqalarida esa, ular ham ustuvorlikka ega bo‘lib, ham huquqiy tizimining ajralmas qismiga aylangan (GFR, Italiya, Gretsiya, Niderlandiya Qirolligi, Shveysariya, Koreya Respublikasi va boshqalar).
Rossiya Federatsiyasining 1995 yilda qabul qilingan “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Federal qonunining preambulasida Rossiyaning xalqaro shartnomalari mamlakat huquqiy tizimining ajralmas qismi ekanligi qayd etilgan.
3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir.
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
Ko‘chirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
To‘ldirilmoqda
4-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi – bir hujjatda, ikki yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta hujjatlarda ifodalanishidan, shuningdek muayyan nomlanishidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xat yoki notalar almashinuvi va xalqaro shartnomaning boshqacha nomlanishlari va tuzilish usullaridan) qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlat (xorijiy davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) yoki xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ekt (boshqa sub’ektlar) bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuvi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat organi – vazirlik va davlat qo‘mitasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan idora.
xalqaro tashkilot – xalqaro ahamiyat kasb etuvchi muayyan vazifalarni bajarish uchun o‘zining ta’sis hujjatlari asosida tashkil qilingan va xalqaro huquq sub’ekti bo‘la oladigan hukumatlararo (davlatlararo) tashkilot;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash – xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiyligiga rozilik bildirish shakli, basharti xalqaro shartnoma imzolash bunday kuchga ega bo‘lishini nazarda tutsa yoki boshqacha tarzda O‘zbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlarning imzolash bunday kuchga ega bo‘lishi lozimligi haqidagi kelishuvi mavjud bo‘lsa yoxud imzolashga bunday kuch berish istagi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar vakillarining vakolatlaridan kelib chiqsa yoki muzokaralar davomida ifodalangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish – xalqaro shartnoma mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiyligiga roziligini ifodalash bo‘yicha ushbu Qonunda belgilangan jarayonlar ketma-ketligi.
vakolat – O‘zbekiston Respublikasi mansabdor shaxslari yoki vakolatli organining qarorlari asosida amalga oshiriladigan va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga quyidagi maqsadlarda topshirish uchun tegishli tarzda vakolat yorlig‘i bilan rasmiylashtirilgan bir yoki bir necha shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining nomidan vakil bo‘lish huquqi:
muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;
xalqaro shartnomani imzolash;
xalqaro shartnomaning o‘zi uchun majburiyligiga O‘zbekiston Respublikasining roziligini ifodalash;
xalqaro shartnomaga oid boshqa harakatlarni amalga oshirish;
qo‘shimcha shartlar – xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qo‘shilishda qilingan har qanday tahrirda va har qanday nomlanishdagi O‘zbekiston Respublikasining bir tomonlama yozma rasmiy bayonoti bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan qo‘llanilishida xalqaro shartnoma muayyan qoidalarini bekor qilish yoki yuridik kuchini o‘zgartirishga bo‘lgan istak ifodalanadi.
muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon – xalqaro shartnoma matnining tuzilishi va qabul qilinishida ishtirok etayotgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ekt (boshqa sub’ektlar);
ahdlashuvchi tomon – xalqaro shartnomaning kuchga kirgan yoki kirmaganligidan qat’iy nazar uning majburiyligiga o‘z roziligini ifodalagan va xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni bo‘lgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ekt (boshqa sub’ektlar);
xalqaro shartnoma qatnashchisi – xalqaro shartnomaning majburiyligiga roziligini ifodalagan va ular uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni bo‘lgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ekt (boshqa sub’ektlar);
ratifikatsiya yorlig‘i – xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilganligidan guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi uchun majburiyligiga roziligini ifodalovchi maxsus hujjat;
denonsatsiya – O‘zbekiston Respublikasining o‘zi tuzgan xalqaro shartnomani tegishli tarzda rasmiylashtirilgan rad etishi va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini bekor qilish usullaridan biri.
depozitariy – xalqaro shartnoma qoidalariga ko‘ra ushbu xalqaro shartnomaning asli saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarishi nazarda tutilgan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritishning yagona davlat tizimi.
Qonun loyihasida ishlatiladigan tushunchalarni bir xilda talqin qilinishi va tartibga solinishi maqsadida loyihaga “tushunchalar apparatini” kiritish taklif etilmoqda. Yangi moddada keltirilgan tushunchalar 1969 yildagi Vena konvensiyasi va xorijiy davlatlarning amaliyotiga mos keladi.
Ushbu tushunchani bir xil qo‘llash maqsadida uni kengaytirish taklif etiladi. Bunday tushuncha 1969 yildagi Vena konvensiyasining 2-moddasida ishlatilgan atamaga mos keladi.
Taklif etilayotgan norma tahriri xalqaro shartnomalar tushunchasini ko‘proq oydinlashtiradi va xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqqan (Latviya, Belarusiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar qonunlari).
Amaldagi Qonunda “idora” tushunchasi qo‘llaniladi, biroq huquqni qo‘llash amaliyotida qaysi idora haqida so‘z yuritilayotgani haqida aytilmaganligi sababli atamani turlicha sharhlash holatlari kuzatilmoqda. “Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi berilgan idoralar” tezisini qo‘shilishi bunday noaniqliklarga barham berishga va tushunchani bir xil talqin qilishga yordam beradi. Bunday huquq idoralarning nizomlarida (ta’sis hujjatlarida) ko‘rsatilishi nazarda tutilgan.
Ushbu tushunchani kiritishning dolzarbligi xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzishni aniq tartibga solishdan iboratdir.
Keltirilgan ta’rif 1986 yildagi “Davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar o‘rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar huquqi to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasiga mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi xisoblanmaydi, biroq uning qoidalari odat sifatida xalqaro huquq normasi deb hisoblanadi.
Taklif etilayotgan tushuncha xorijiy tajribaga ham mos keladi. Xususan, Belarussiyaning 2008 yil 23 iyulda qabul qilingan “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunining 1-moddasida ham o‘xshash tushuncha ishlatiladi. Qolaversa Rossiya va Qozog‘istonning o‘xshash qonunlarida ham “xalqaro tashkilot” atamasiga alohida ta’rif berilgan.
Ushbu tushunchani bir xil qo‘llash maqsadida loyihaga kiritish taklif etiladi. Keltirilgan tahrir 1969 yildagi Vena konvensiyasining 11- va 12-moddalariga muvofiqlashtirilgan, shuningdek Rossiya (2-modda) va Qozog‘istonning (1-modda) o‘xshash qonunlarida qayd etilgan.
Ushbu tushunchani kiritish taklif etiladi. Keltirilgan tahrir 1969 yildagi Vena konvensiyasining 11- va 12-moddalariga muvofiqlashtirilgan, shuningdek Rossiya (2-modda) va Qozog‘istoning (1-modda) o‘xshash qonunlarida qayd etilgan.
Ushbu tushunchani bir xil qo‘llash maqsadida loyihaga kiritish taklif etiladi. Keltirilgan tahrir 1969 yildagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiqlashtirilgan, shuningdek Rossiya (2-modda) va Qozog‘istonning (1-modda) o‘xshash qonunlarida tushunchaga shunday ta’rif berilgan.
Ushbu tushunchani kiritish taklif etiladi. Keltirilgan tahrir 1969 yildagi Vena konvensiyasining 2-moddasiga muvofiqlashtirilgan, shuningdek Rossiya (2-modda), Belorussiya va Qozog‘istoning (1-modda) o‘xshash qonunlarida tushunchaga shunday ta’rif berilgan.
“muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ahdlashuvchi tomon” va “xalqaro shartnoma qatnashchisi” tushunchalarini loyihaga kiritish huquqni qo‘llash amaliyotida ularni bir xil va samarali qo‘llanishiga ko‘maklashadi. Keltirilgan tahrir 1969 yildagi Vena konvensiyasining 2-moddasiga muvofiqlashtirilgan.
Mantiqiy ketma-ketlikni saqlash maqsadida amaldagi Qonunning 17-moddasidan ko‘chirilmoqda.
Ushbu tushunchani bir xil qo‘llash maqsadida uni loyihaga qo‘shish taklif etiladi. Bunday izoh Qozog‘istonning 2005 yilda qabul qilingan “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunining 1-moddasida ham qo‘llanilgan.
Ushbu tushunchani bir xil qo‘llash maqsadida uni loyihaga qo‘shish taklif etiladi. 1969 yildagi Vena konvensiyasida depozitariy tushunchasiga ta’rif berilmaydi lekin uni vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu sohada xorijiy tajriba o‘rganilganda, aksariyat davlatlar o‘zlarining o‘xshash qonunlarida mazkur atamaga xuddi shunday tarif bergan. Misol uchun: Rossiya (2-modda), Belorussiya (1-modda), Qozog‘iston (1-modda) va boshqa davlatlarning qonunlarida.
Ushbu sohada xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat MDH davlatlari o‘zlarining o‘xshash qonunlarida atamaga xuddi shunday ta’rif bergan.
O‘zbekiston sharoitida bunday amaliyotni qo‘llash xalqaro shartnomalarni markazlashgan ro‘yxatini olib borishni hamda shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni monitoring qilishni ta’minlaydi.
4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday ko‘rinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin.
Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning soniga qarab ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar bo‘lishi, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz bo‘ladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin.
Chiqarib tashlanmoqda
Loyihani optimallashtirish maqsadida moddani chiqarib tashlash taklif etiladi. Bundan tashqari loyihaning 4-moddasida xalqaro shartnomalarni turli nomlar bilan tuzish mumkinligi aytib o‘tilgan.
Ushbu sohada xorijiy tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat davlatlarning (Latviya, Polsha, Turkiya, Litva, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Ukraina va boshqalar) o‘xshash qonunlarida ham xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari bo‘yicha alohida modda ishlatilmagan.
5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma sub’ektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan bo‘lsa, u ushbu shartnoma matnida ko‘rsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili va boshqa ahdlashuvchitomon tili hisoblanadi.
Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili sifatida boshqa til tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni tuzilgan til mazkur shartnomada ko‘rsatiladi va uning matnining autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
Chiqarib tashlanmoqda
Loyihaning 4-moddasidan kelib chiqqan holda «(tomonlar)» so‘zi chiqarib tashlanmoqda.
Atamalarni loyihada bir xil qo‘llash maqsadida tahririy xususiyat kasb etuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Loyihaning 4-moddasidan kelib chiqqan holda xatboshi chiqarib tashlanmoqda.
6-modda. Xalqaro shartnoma ob’ekti Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Chiqarib tashlanmoqda
Qonun loyihasini optimallashtirish maqsadida ushbu moddani chiqarib tashlash taklif etiladi. Buning sababi, modda qoidasi ortiqcha bo‘lib ko‘proq nazariyaga taalluqlidir. Fransiya, GFR, Italiya, Polsha, Latviya, Litva, Rossiya va boshqa davlatlarning o‘xshash qonunlarida ham shartnoma ob’ektlari ko‘rsatilmagan.
To‘ldirilmoqda
6-modda. Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ektlar bilan aloqalar
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa sub’ektlar bilan xalqaro shartnomalarni tuzish, amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish masalalari bo‘yicha aloqalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro shartnomalarni tuzish va bajarish bo‘yicha jarayonlarni muvofiqlashtirish maqsadida yangi moddani kiritish taklif etiladi.
Mazkur modda qoidalari O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga muvofiqlashtirilgan. Xususan, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining (O‘zbekiston Respublikasining 10.09.2012y. O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan) IV bo‘limiga muvofiq: “TIV mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lini ta’minlash hamda amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan davlat organlari tizimida markaziy bo‘g‘in hisoblanadi”. Bundan tashqari, TIV to‘g‘risida Nizomning 4-bandiga muvofiq (VMning 1994 yil 16 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan) Vazirlik: “o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi”.
Qozog‘iston Respublikasining 2005 yilda qabul qilingan “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida ham o‘xshash norma mavjud.
II. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish va ularni kuchga kiritish tartibi
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi
“tuzish” atamasi xalqaro shartnomalarni kuchga kirishini ham nazarda tutganligi sababli “va ularni kuchga kiritish” so‘zlari chiqarib tashlanmoqda.
7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishli.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan – davlatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan – hukumatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari nomidan ularning vakolatlari doirasida – idoralararo shartnomalar.
Tahririy o‘zgartish
Loyihaning 4-moddasidan kelib chiqqan holda tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.