Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi.
131-modda. Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq olish tartibi
Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda olinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
132-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan
joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori o‘ziga
qarashli turar joyni o‘z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko‘p
kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer
uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy
xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar
ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital
ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini
saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashi kerak.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari
bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va
yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Mulkdorning ko‘p kvartirali uydagi o‘ziga qarashli turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan
joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni ko‘p
kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan
yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to‘liq yoki qisman ozod
qilmaydi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori o‘zining
umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar
joyni shartnoma bo‘yicha ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazishi mumkin, bunda haqning o‘z
vaqtida to‘lanishi mas’uliyati turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorining
zimmasida bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori shirkatni,
boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan
joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash,
obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni
to‘lashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazilganligi haqida xabardor qilishi
shart.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga
kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: