O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

134-modda. Ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal
xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o‘tgan
oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Davlat uy-joy fondining ko‘p kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi
umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi
shartlariga muvofiq, biroq o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy
to‘lovlar to‘lash o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga
oshirilishi kerak, bundan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari
mustasno.
(134-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-500-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish
(kanalizatsiya) xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga
oshirilishi kerak.
(134-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-500-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-
son)
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar ushbu moddaning uchinchi
qismida belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi
joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar
uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining
50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko‘p kvartirali uyning kommunal
xizmatlar buyurtmachisi bo‘lsa, ularga penya miqdorlari bo‘yicha ushbu moddaning 
beshinchi
qismida 
jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qo‘llaniladi.
(134-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-
avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga
kommunal xizmatlar ko‘rsatish majburiy to‘lovlar uch oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda to‘xtatib
turiladi, bundan suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari, shuningdek
elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno.
(134-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-500-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga
suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq
to‘lash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)
tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga
elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning 
uchinchi qismida
belgilangan muddatda majburiy to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash
tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
(134-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-500-sonli 
Qonuniga 
asosan
sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-
y., 03/18/500/2057-son)

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish