Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish 
(1-q.)
Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga 
xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatlarini 
bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish tovarlarni yoki xizmatlarni 
realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul 
asosda oʻtkazish yoki bepul asosda xizmatlar koʻrsatish ham realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi. 
47-modda. Hisobvaraq-faktura 
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovarlarni 
(xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. 
(2-q.)
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot 
tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi. 
(3-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida, agar sotuvchi xaridorga kassa 
cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi 
qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi. 
(4-q.)
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati oʻzgarganda, shu jumladan 
yetkazib berilgan tovarlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar narxi oʻzgargan yoxud miqdori (hajmi) 
aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda 
qoʻshimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. 


(5-q.)
Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim boʻlgan chet el 
yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reestrlarini, sotish 
reestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida koʻrsatilgan 
xizmatlarni koʻrsatish qismi boʻyicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni 
yuritmaydi. 
(6-q.)
Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish