2) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf
etishga haqli boʻlmasa;
3) bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qolmagan
boʻlsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan boʻlsa);
4) bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni
amalga oshirmasa.
(10-q.)
Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu
tuzilmaning aktivlarini oʻz mulkiga oʻtkazish huquqiga ega boʻlmasa, ushbu moddaning
toʻqqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu
tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud boʻlish davri mobaynida, shuningdek u
tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, toʻliq yoki qisman mulkka oʻtkazishga
doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki)
tuzilmaning taʼsis hujjatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
(11-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning
toʻqqizinchi qismi 1-3-bandlarida koʻrsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini oʻzida
saqlab qolgan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi
deb eʼtirof etiladi.
(12-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining taʼsis etuvchisi (asoschisi)
hisoblanmaydigan oʻzga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa
va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks
maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi:
1) bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga)
nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlsa;
2) bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli boʻlsa;
3) bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda
uning mol-mulkini olishga haqli boʻlsa.
(13-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti oʻzini mustaqil ravishda ushbu
moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, chet el
kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning toʻqqizinchi yoki oʻn
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el
tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etishga haqli. Bunday hollarda, oʻzini nazorat
qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan shaxs oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi.
(14-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini
eʼtirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat
qiluvchi shaxslar uchun ular taʼsis etilgan yoki fuqarosi boʻlgan chet davlatning (hududning)
qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha shaxslarga
nisbatan ham qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: