Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

45-modda. Tovarlar va xizmatlar. 
Tovarlar (xizmatlar) bozori 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 


(1-q.)
Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat 
bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tovar deb 
eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, maʼlumotlar bazasi, axborot, intellektual 
faoliyat natijalari, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlar eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Nomoddiy xususiyatga ega boʻlgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka 
qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bogʻliq boʻlmagan holda muomalada 
boʻlishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi 
hujjatda koʻrsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf 
etish huquqiga ega boʻlgan, oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazish obyekti 
boʻlishi mumkin boʻlgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb 
eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga 
talab qoʻyish huquqi, xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi, 
qimmatli qogʻozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga 
boʻlgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bogʻliq, sotilishi yoki 
oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan boshqa turlari.
(6-q.)
Ashyoning oʻzini oʻtkazmay turib, mustaqil muomalada boʻlishi mumkin boʻlmagan 
ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi. 
(7-q.)
Bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida 
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi 
mumkin. 
(8-q.)
Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy 
yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa 
shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasidagi 
faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi. 
(10-q.)
Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish 
maqsadida aynan oʻxshash tovarlar (xizmatlar) deb eʼtirof etiladi. 
(11-q.)
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi 
koʻrinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin. 
(12-q.)
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda ularning fizik xususiyatlari, sifati, 
moʻljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi 
ishbilarmonlik obroʻsi hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi. 
(13-q.)
Xizmatlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining) 
xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga 
olinadi. 


(14-q.)
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan hamda ayni bir 
vazifani bajarish imkoniyatini beradigan oʻxshash tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan va (yoki) 
tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun 
bir turdagi tovarlar deb eʼtirof etiladi. 
(15-q.)
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqei, tovar 
belgisi, kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi. 
(16-q.)
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi 
jihatidan bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir 
turdagi xizmatlar deb eʼtirof etiladi. 
(17-q.)
Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi 
mavqei, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa olishi 
hisobga olinadi. 
(18-q.)
Tovarlarning muomalada boʻlish sohasi tovarlar bozori deb eʼtirof etiladi, bu soha 
xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning 
hududidan tashqarida uncha koʻp boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish) 
imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda 
belgilanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish