summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy
sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar boʻyicha ham,
ularning har biri boʻyicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.
(3-q.)
Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida
toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) soliqlar summasi;
2)
hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.
56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni)
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga
joylashtirilgan axborot resursi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi.
(2-q.)
Ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan hollarda, soliq toʻlovchining
shaxsiy kabinetidan
soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻz huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga
oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda,
boshqa manfaatdor
shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi
mumkin.
(OʻzR 10.03.2020-y. OʻRQ-607-son Qonuni tahriridagi qism)
(3-q.)
Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga va soliq toʻlovchilar tomonidan
soliq
organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
ushbu soliq toʻlovchi soliq organlarida hisobga qoʻyilganidan keyin shakllantiriladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq toʻlovchi
tomonidan
ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga
oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
orqali amalga oshiriladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishidan yoki
boʻlmasligidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
(6-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq
toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va
majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.
(7-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali
elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi.
(8-q.)
Elektron raqamli imzo soliq toʻlovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari
markazi orqali haq toʻlash asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan
belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(9-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi
toʻxtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy
kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni soliq organlariga
xuddi shunday tartibda
yuboradi.
(10-q.)
Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy
kabineti orqali yuborilishi chogʻida u koʻrsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar
yuboriladi.
(11-q.)
Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga
yuborilganda soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki elektron
raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan boʻlsa, mazkur hujjat
soliq toʻlovchiga ushbu maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qogʻozda yuboriladi.
(12-q.)
Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq soliq
organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan
soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida
koʻrsatilgan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni soliq organiga
taqdim etish uchun foydalaniladi.
(13-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik
shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi
yettinchi qismida nazarda
tutilgan tartibda hisobga qoʻyilgan kundan eʼtiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq
organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish
huquqi soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi
oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: