Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi 
(1-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksning XI boʻlimiga 
muvofiq hisob-kitob qilingan foydasi (zarari) summasi ushbu Kodeksning maqsadida mazkur 
kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini hisoblab chiqarishda ushbu 
Kodeksning XI boʻlimida nazarda tutilgan, xususan, ushbu chet el kompaniyasi doimiy joylashgan 
davlat (hudud) bilan xalqaro bitim mavjudligidan kelib chiqadigan xususiyatlar hisobga olinadi. 


(3-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi bunday kompaniya mansub 
boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan yildan keyingi 
kalendar yilda ushbu chet el kompaniyasi tomonidan toʻlangan dividendlar miqdoriga, ushbu 
moliyaviy hisobot tuziladigan moliyaviy yil davomida toʻlangan oraliq dividendlar hisobga 
olingan holda kamayadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti u mansub 
boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq tuzilmasa, ushbu band maqsadida kalendar yil 
qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlashda Oʻzbekiston 
Respublikasining yuridik shaxslari toʻlov manbai boʻlgan dividendlar tarzidagi daromadlar, agar 
ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiladigan shaxs bunday daromadlarga 
nisbatan haqiqatda huquqqa ega boʻlsa va bunday daromadlar hisobidan soliq toʻlashdan ozod 
qilingan boʻlsa yoxud ularni ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsa, hisobga 
olinmaydi. 
(6-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi yuridik shaxs tashkil etmagan chet el 
tuzilmasi boʻlsa, uning foydasi ushbu chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari va (yoki) 
uning taʼsis hujjatlariga muvofiq benefitsiarlar deb eʼtirof etilgan boshqa shunday shaxslar 
foydasiga taqsimlangan foyda miqdoriga kamayadi. 
(7-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan 
taqsimlanmagan foydasi, ushbu kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etiladigan soliq 
toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarga tenglashtiriladi. Bunday daromadlar nazorat qiluvchi 
shaxslarda nazorat qiluvchi shaxs yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligiga bogʻliq ravishda foyda 
soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda 
inobatga olinadi. 
(8-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasi nazorat qiluvchi 
shaxsda soliq bazasini aniqlashda nazorat qiluvchi shaxsning ushbu kompaniyada foydani 
taqsimlash haqidagi qaror qabul qilingan sanadagi holatga koʻra ishtirok etishi ulushiga muvofiq 
boʻlgan ulushda hisobga olinadi. 
(9-q.)
Agar foydani taqsimlash haqidagi qaror bunday kompaniya mansub boʻlgan 
davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan 
davr oxiriga toʻgʻri keladigan yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur foyda 
nazorat qiluvchi shaxsning tegishli davrning oxiridagi ishtirok etishi ulushiga toʻgʻri keladigan 
ulushda hisobga olinadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(10-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydadagi ulushini mazkur usulda 
aniqlash imkoni boʻlmasa, uning foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda 
haqiqatda shunday foydaga (daromadga) doir huquqqa ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida ushbu foyda 
taqsimlangan taqdirda u huquqqa ega boʻlgan (ega boʻladigan) foyda summasidan kelib chiqqan 
holda hisobga olinadi. 
(11-q.)
Agar nazorat qiluvchi shaxs nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida uning nazorat 
qiluvchi shaxslari boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan eʼtirof 
etiladigan yuridik shaxslar orqali bilvosita ishtirok etsa, u holda ushbu nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyasining mazkur nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinadigan foydasi boshqa nazorat 
qiluvchi shaxslarda hisobga olinishi lozim boʻlgan foyda summasiga kamayadi. Bunday 
kamaytirish mazkur nazorat qiluvchi shaxsning bilvosita ishtiroki nazorat qilinadigan chet el 


kompaniyasida qaysi yuridik shaxs orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, nazorat qiluvchi 
shaxsning ana shu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushiga mutanosib ulushda amalga oshiriladi. 
(12-q.)
Agar bunda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsda 
soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi lozim boʻlgan foydasining summasi nolga teng boʻlsa, 
soliq toʻlovchi uni foyda soligʻi (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) boʻyicha soliq 
deklaratsiyasida aks ettirmaydi. 
(13-q.)
Nazorat qiluvchi shaxs quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda soliq boʻyicha soliq 
hisobotini taqdim etadi, bunda ushbu soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda mazkur shaxs 
tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi hisobga olinadi: 
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq hisoboti taqdim etilgan soliq boʻyicha 
soliq bazasini aniqlashda foyda hisobga olingan davr uchun moliyaviy hisoboti yoki moliyaviy 
hisobot mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa hujjatlar; 
2) agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlatning 
(hududning) qonunchiligiga yoki taʼsis (korporativ) hujjatlariga muvofiq bu moliyaviy 
hisobotning auditini majburiy ravishda oʻtkazish belgilangan boʻlsa yoki audit chet el tashkiloti 
tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(14-q.) 
Ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar 
(ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak. 
(15-q.)
Agar moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasini soliq hisobotini taqdim etish 
bilan bir vaqtda taqdim etish mumkin boʻlmasa, moliyaviy hisobot nazorat qilinadigan chet el 
kompaniyalari toʻgʻrisidagi bildirishnomada moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi 
tuzilgan sana sifatida aks etgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim 
etiladi. 
(16-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning 
XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million soʻmdan ortiqni tashkil etsa, 
tegishli soliq boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi 
qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi. 
(17-q.)
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi moliya yili yakunlari boʻyicha foydani 
(toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonunchiligida ushbu foydani ustav kapitalini 
koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar (paychilar, 
ishonchli vakillar yoki boshqa shaxslar) oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi 
shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish