(1-q.)
Soliq organlari quyidagilarga haqli:
soliq toʻlovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish
hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron
tarzda taqdim etishini talab qilish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini
oʻtkazish;
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan
soliq toʻlovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan
bogʻliq joylarni koʻzdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning nazorat
oʻlchovlarini oʻtkazish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar
saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud
qarori boʻyicha muhrlash;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni va elektron axborot
jismlarini olib qoʻyish;
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa maʼlumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
soliq toʻlovchi hisob hujjatlarini yoʻqotgan yoki yoʻq qilgan hollarda soliq toʻlovchi
toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
oʻzaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi,
toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan soliq monitoringini oʻtkazish;
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrish;
soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va moliyaviy sanksiyalar
qoʻllash;
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni
belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va
yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud
tartibida amalga oshiriladi;
soliq toʻlovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablagʻlarni davlat
daromadiga undirish toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
soliq toʻlovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular
tomonidan soliqlarni toʻlash (ushlab qolish va oʻtkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan
bogʻliq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishi bilan
bogʻliq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi xatboshi)
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchining yoki soliq agentining bankdagi
hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qoʻyish;
soliq toʻlovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning
bajarilishini nazorat qilish;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat
qilish.
(2-q.)
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: