(1-q.)
Soliq organlari:
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi xatboshi)
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab
chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan
va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi;
soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari
toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor
qilishi;
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi xatboshi)
soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi;
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
coliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid
huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni
tegishli davlat organlariga kiritishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
xatboshi)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi
kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa
axborotni oʻrganishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq
va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi;
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga topshirishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning
belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini taʼminlashi;
soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatining
bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi;
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini
hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda
statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasmiy ravishda maʼlum qilishi;
soliq toʻlovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini
tasdiqlovchi maʼlumotnomani berishi;
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi xatboshi)
(2-q.)
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
boʻlishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: