264-modda. Transportda tashishni amalga oshirish
chog’ida soliq bazasini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari
Yo’lovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yo’l, avtomobil, havo
yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliqni
qo’shmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Imtiyozli tariflar bo’yicha yo’l hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi
ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yo’l hujjatlari uchun
pullar qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim bo’lgan summaga soliqning hamma
summasi kiritiladi.
Safar tugatilganligi sababli yo’l davomida yo’lovchilarga yo’l hujjatlari
qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim bo’lgan summaga yo’lovchilar yurishi kerak
bo’lgan qolgan masofaga tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda
soliq bazasini aniqlashda yo’lovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga
olinmaydi.
257
265-modda. Muddatli bitimlar bo’yicha tovarlar
(xizmatlar) realizatsiya qilingan taqdirda soliq bazasini
aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari
Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita
ushbu shartnomada ko’rsatilgan narx bo’yicha tovarlar etkazib berilishini (xizmatlar
ko’rsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi.
Muddatli bitimlar bo’yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan taqdirda,
soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada ko’rsatilgan,
biroq realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda
hisoblangan qiymatdan past bo’lmagan qiymati sifatida aniqlanadi.
Uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan hosila moliyaviy vositalar
realizatsiya qilinganda, soliq bazasi asos aktivining bevosita shartnomada
(kontraktda) ko’rsatilgan, biroq realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan
kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past bo’lmagan qiymati sifatida
aniqlanadi.
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan va asos aktiv etkazib berilishini
nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning bazis aktivi realizatsiya qilinganda,
soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak bo’lgan
hamda ushbu hosila moliyaviy vositani sertifikatlashtirishning birjada tasdiqlangan
shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi.
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan va asos aktiv etkazib berilishini
nazarda tutuvchi optsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda,
soliq bazasi ushbu asos aktivning realizatsiyasi amalga oshirilishi kerak bo’lgan va
hosila moliyaviy vositani sertifikatlashtirishning birjada tasdiqlangan shartlariga
muvofiq belgilangan qiymat sifatida, biroq realizatsiya qilish sanasidagi bozor
narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanganidan past bo’lmagan qiymatda
aniqlanadi.
Ushbu bo’limni qo’llash maqsadlarida optsion kontrakt (optsion) deganda bir
taraf (optsion xaridori) boshqa tarafdan (optsion sotuvchisidan) oldindan
belgilangan narx bo’yicha asos aktivning muayyan sonini sotib olish («koll»
optsioni) yoki sotish («put» optsioni) huquqini oladigan bitim tushuniladi.
Ushbu moddaning ikkinchi – beshinchi qismlarini qo’llash maqsadlarida
tovarning, xizmatning yoki asos aktivning narxi aktsiyalarni hisobga olgan holda
(aktsiz to’lanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi.
Bunda tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati ushbu
Kodeksning VI bo’limiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu
Kodeksning 254-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Ushbu bo’limni qo’llash maqsadlarida uyushgan bozorda muomalada bo’lgan
hosila moliyaviy vositani sertifikatlashtirish deganda hosila moliyaviy vositaning
shartlarini belgilovchi birja hujjati tushuniladi.
258
Do'stlaringiz bilan baham: |