O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq auditini o’tkazish, to’xtatib turish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

144-modda. Soliq auditini o’tkazish, to’xtatib turish
va uzaytirish muddati 
 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq auditi 
o’ttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas. Mazkur muddat ikki oy 
muddatgacha, alohida hollarda esa uch oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. 
Soliq auditini o’tkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 


145 
Soliq auditini o’tkazish muddati soliq auditini o’tkazish to’g’risidagi buyruqda 
ko’rsatilgan sanadan o’tkazilgan tekshiruv to’g’risida dalolatnoma tuzilgan kunga 
qadar hisoblab chiqariladi. 
Soliq organining rahbari (rahbari o’rinbosari) soliq auditining o’tkazilishini:
1) ushbu Kodeks 155-moddasining birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni 
(axborotni) talab qilib olish uchun; 
2) chet el davlat organlaridan O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari doirasida axborot olish uchun; 
3) ekspertiza o’tkazish uchun; 
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish uchun to’xtatib turishga 
haqli. 
Soliq auditini o’tkazishni ushbu modda to’rtinchi qismining 1-bandida 
ko’rsatilgan asos bo’yicha to’xtatib turishga o’zidan hujjatlar talab qilinayotgan har 
bir shaxs bo’yicha ko’pi bilan bir marta yo’l qo’yiladi.
Soliq auditini o’tkazishni to’xtatib turish va qayta tiklash mazkur tekshiruvni 
o’tkazayotgan soliq organi rahbarining (rahbari o’rinbosarining) tegishli buyrug’i 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Soliq auditini o’tkazishni to’xtatib turishning umumiy muddati olti oydan ko’p 
bo’lishi mumki emas. 
Agar tekshiruv ushbu modda oltinchi qismining 2-bandida ko’rsatilgan asosga 
ko’ra to’xtatilgan bo’lsa va olti oy ichida soliq organi so’ralayotgan axborotni chet 
davlatlar organlaridan O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
doirasida ololmagan bo’lsa, mazkur tekshiruvni to’xtatib turish muddati uch oyga 
uzaytirilishi mumkin. 
Soliq auditini o’tkazish auditini to’xtatib turish davrida soliq organining 
bunday holda tekshiruvni o’tkazish chog’ida talab qilib olingan hujjatlarning 
barchasi o’ziga qaytariladigan soliq to’lovchidan hujjatlarni talab qilib olishga doir 
harakatlari, bundan olib qo’yishni amalga oshirish chog’ida olingan hujjatlar 
mustasno, to’xtatiladi, shuningdek, soliq organining soliq to’lovchi hududidagi 
(binosidagi) mazkur tekshiruv bilan bog’liq harakatlari to’xtatiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish