O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlar amalga oshirilgan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

157-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlar amalga oshirilgan 
taqdirda bayonnomaga qo’yiladigan umumiy talablar 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq nazorati harakatlari amalga 
oshirilayotganda bayonnomalar tuziladi. Bayonnomada quyidagilar ko’rsatiladi: 
1)
tekshiruvni o’tkazish asoslari, turi va davri; 
2)
muayyan harakat amalga oshirilgan joy va sana; 
3)
harakat boshlangan va tugallangan vaqt; 
4)
bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; 


155 
5)
harakatda ishtirok etgan yoki uni bajarishda hozir bo’lgan har bir shaxsning 
familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur hollarda esa uning manzili; 
6)
harakatning mazmuni, uni o’tkazish ketma-ketligi; 
7)
harakatni amalga oshirishda aniqlangan, ish uchun muhim bo’lgan faktlar va 
holatlar. 
Bayonnoma harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni o’tkazishda 
hozir bo’lgan barcha shaxslar tomonidan o’qib chiqiladi. Mazkur shaxslar 
bayonnomaga kiritilishi yoki ishga qo’shib qo’yilishi lozim bo’lgan fikr-
mulohazalarini bildirishga haqli. 
Bayonnoma soliq organining uni tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek 
harakatni amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni o’tkazishda hozir bo’lgan barcha 
shaxslar tomonidan imzolanadi. 
Bayonnomaga fotosuratlar, videoyozuvlar va harakatni amalga oshirishda 
bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinadi. 
158-modda. Soliq nazoratini o’tkazishda g’ayriqonuniy ravishda
zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik 
 
Soliq nazoratini o’tkazishda tekshirilayotgan shaxslarga, ularning vakillariga 
yoki ularning egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida bo’lgan mol-mulkka 
g’ayriqonuniy ravishda zarar etkazilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Soliq nazoratini o’tkazish chog’ida soliq organlarining yoki ular mansabdor 
shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari orqali etkazilgan zararning o’rni to’liq 
hajmda qoplanishi lozim. 
Soliq organlari va ularning mansabdor shaxslari g’ayriqonuniy harakatlar sodir 
etganlik natijasida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning vakillariga etkazilgan 
zarar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladi. 
Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali 
tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning vakillariga etkazilgan zararning o’rni 
qoplanmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish