O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
360-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash 
 
O’zbekiston Respublikasidagi faoliyatdan doimiy muassasa orqali daromadlar 
olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar, ular O’zbekiston Respublikasida yoki 
uning hududidan tashqarida qilinganidan qat’i nazar, doimiy muassasaning 
chegirmalar jumlasiga kiritiladi, bundan ushbu Kodeksga muvofiq chegirib 
tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. 
O’zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaga quyidagilar 
tarzida taqdim etilgan summalarni doimiy muassasaning xarajatlari jumlasiga 
kiritish huquqiga ega emas: 
1) ushbu rezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan foydalanganlik yoki 
foydalanish huquqini berganlik uchun olinadigan royalti, gonorarlar, yig’imlar va 
boshqa to’lovlar; 
2) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun daromadlar; 
3) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga berilgan qarzlar (zayomlar) 
bo’yicha pul mukofotlari; 
4) ushbu norezidentning O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi 
orqali faoliyatidan daromadlar olish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar; 
5) hujjatlar bilan tasdiqlanmagan xarajatlar; 
6) ushbu norezidentning ushbu moddaning to’rtinchi qismida belgilangan, 
O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirish bilan 
bog’liq bo’lmagan boshqaruvga oid va umumma’muriy xarajatlari. 


347 
Agar xalqaro shartnoma qoidalariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi 
norezidenti doimiy muassasasining soliq solinadigan daromadini aniqlashda shu 
norezidentning boshqaruvga oid va umumma’muriy xarajatlarini chegirib 
tashlashga yo’l qo’yilsa, bunday xarajatlar summasi shunday norezident tomonidan 
o’z tanloviga binoan quyidagi usullardan biri bo’yicha aniqlanadi: 
1) xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli; 
2) xarajatlarni chegirmalarga bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) kiritish usuli. 
Ushbu moddaning uchinchi qismi maqsadlari uchun ishlab chiqarish jarayoni 
bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruvga bog’liq va boshqaruv xodimlarining 
mehnatiga haq to’lashga bog’liq xarajatlar boshqaruvga oid va umumma’muriy 
xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda ushbu norezidentning boshqaruvga oid va 
umumma’muriy xarajatlariga quyidagilar kiritilmaydi: 
1) norezidentning bevosita doimiy muassasasi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasida yoki norezidentning vakolatxonasi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasida ushbu Kodeksga muvofiq chegirmalar jumlasiga kiritiladigan 
boshqaruvga oid va umumma’muriy xarajatlari; 
2) norezidentning bevosita vakolatxonasi yoki doimiy muassasalari tomonidan 
boshqa mamlakatlarda qilingan, O’zbekiston Respublikasida soliq to’lovchi sifatida 
ro’yxatdan o’tkazilgan doimiy muassasasining faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan 
boshqaruvga oid va umumma’muriy xarajatlari; 
3) norezidentning O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan doimiy 
muassasasining faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruvga oid va 
umumma’muriy xarajatlari. 
Norezident hisobot soliq davri mobaynida o’z tanloviga ko’ra boshqaruvga oid 
va umumma’muriy xarajatlarni soliq hisobotiga ilovada ko’rsatiladigan doimiy 
muassasaning chegirmalariga kiritish usullaridan faqat bittasini qo’llaydi. 
Norezidentning boshqaruvga oid va umumma’muriy xarajatlari quyidagi 
hollarda doimiy muassasa tomonidan O’zbekiston Respublikasida chegirmalar 
jumlasiga kiritiladi: 
1) xalqaro shartnoma shartlariga rioya etilganda; 
2) ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilanadigan hujjatlar mavjud bo’lganda; 
3) norezidentning rezidentligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo’lganda. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish