O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solish ob’ektini va soliq bazasini



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

372-modda. Soliq solish ob’ektini va soliq bazasini 
aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi, ushbu moddada nazarda tutilgan o’ziga xos 
xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning 
307, 308-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. 
Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati 
doirasida olingan daromadlardan iborat bo’ladi. 
Jismoniy shaxs o’zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bitimlarni tuzishda, 
agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o’zidan aniq kelib chiqmasa, u yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko’rsatayotganligini ko’rsatishi kerak. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, 
agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo’lsa, mazkur Kodeksning 44-bobiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan 
xarajatlardan tashqari soliq solinadigan daromadning olinishi bilan bog’liq barcha 
xarajatlar chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan 
xarajatlarning aloqasi aniq asoslangan bo’lsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bo’yicha soliq bazasini hisoblab chiqarishning 
soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli. 
Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi daromadning olinishi bilan bog’liq 
jami daromaddan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Yakka 
tartibdagi 
tadbirkor 
soliq 
bazasini 
hisoblab 
chiqarishning 
soddalashtirilgan tartibini tanlaganda foyda solig’ini hisoblab chiqarish maqsadida 
xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan ushbu Kodeks 
371-moddasining ikkinchi qismida 
ko’rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
mustasno. 
Yakka 
tartibdagi 
tadbirkor 
soliq 
bazasini 
hisoblab 
chiqarishning 
soddalashtirilgan tartibi qo’llash uchun soliqni hisobga olish joydagi soliq organiga 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shakldagi 
bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 
1) yangidan ro’yxatdan o’tkazilganlar – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
boshlanguniga qadar; 
2) foyda solig’ini to’lashga o’tganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda o’tganlar 
bir vaqtning o’zida foyda solig’ini to’lashga o’tish to’g’risidagi bildirishnomani 
soliq hisobiga olish bo’yicha soliq organiga yuborganda; 
3) qolganlari – joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmay. 
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash: 
1) ushbu modda to’rtinchi qismining 1-bandida ko’rsatilgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan; 
2) ushbu modda to’rtinchi qismining 2-bandida ko’rsatilgan tadbirkorlar 
tomonidan – yakka tartibdagi tadbirkor soliq organiga foyda solig’ini to’lash 
to’g’risida bildirishnoma va soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda hisoblab 


359 
chiqarish to’g’risidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan keyingi oyning 1-
sanasidan e’tiboran; 
3) ushbu modda to’rtinchi qismining 3-bandida ko’rsatilgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan joriy yilning 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi. 
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy 
ravishda voz kechib, soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning 
birinchi qismida nazarda tutilgan umumbelgilangan tartibiga o’tish kelgusi soliq 
davri boshlanganidan e’tiboran amalga oshiriladi. 
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumbelgilangan tartibiga o’tish 
to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
belgilangan shakldagi bildirishnoma soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin 
soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish