O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
329-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar
Soliq bazasini aniqlash chog’ida chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha 
yo’qotishlar va buzilishlar;


309 
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni tekin 
berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlarning 
qiymatini to’lash; 
3) soliq to’lovchining ushbu Kodeks 
402-moddasida
nazarda tutilgan jismoniy 
shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari; 
4) dala ta’minoti, xodimning shaxsiy avtotransportdan xizmat maqsadlarida 
foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha 
to’lovlar;
5) pensiyalarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
6) 
ushbu 
Kodeks 
403-moddasi 
birinchi 
qismining
10-bandi
uchinchi va to’rtinchi qismlarida ko’rsatilgan moddiy yordam;
7) homiylik va xayriya yordami tarzida berilgan mablag’lar; 
8) atrof-muhitning ifloslanganligi va chiqindilarning joylashtirilganligi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha bo’lganligi uchun kompensatsiya 
to’lovlari;
9) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, ob’ekt yonidagi 
omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni 
bartaraf etishga doir xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli 
taftish o’tkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari hamda ushbu 
xarajatlarning o’rnini kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar bo’lgan 
mahsulot etkazib beruvchi yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobidan qoplash 
mumkin bo’lgan miqdordagi boshqa shunga o’xshash xarajatlar; 
10) aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar va kamomadlardan yoki aybdor taraf 
hisobidan zarur summalarning o’rnini qoplash mumkin bo’lmagan taqdirda 
ko’rilgan zararlar; 
11) O’zbekiston Respublikasining norezidenti va boshqa shaxslar uchun 
to’langan soliqlar; 
12) tekshiruvlar natijalariga ko’ra qo’shimcha hisoblangan soliqlar va 
yig’imlar; 
13) soliq to’lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq 
bo’lmagan tadbirlarga (sog’liqni saqlashga oid, sport va madaniy tadbirlar, dam 
olishni tashkil etish hamda boshqa shunga o’xshash tadbirlarga) doir xarajatlari, 
bundan tadbirlarni o’tkazishga doir majburiyatlar qonun hujjatlari bilan soliq 
to’lovchi zimmasiga yuklatilgan hollar mustasno; 
14) kasaba qo’mitalariga yordam ko’rsatish; 
15) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xizmatlarni (shaharlarni 
va shaharchalarni obodonlashtirish bo’yicha xizmatlar, qishloq xo’jaligiga 
yordamlashish va xizmatlarning boshqa turlari) ko’rsatganlik uchun qilingan 
xarajatlar; 
16) ushbu bo’limda nazarda tutlilgan hollardan tashqari soliq solinmaydigan 
daromad olish bilan bog’liq xarajatlar;
17) haqiqatda xizmatlar ko’rsatmasdan, tovarlarni jo’natmasdan turib amalga 
oshirilgan operatsiyalar, agar bunday fakt sudning qonuniy kuchga kirgan, ushbu 


310 
xarajatlarni amalga oshirgan soliq to’lovchining nomi ko’rsatilgan holdagi qarori 
bilan aniqlangan bo’lsa; 
18) byudjet tizimiga kiritilishi lozim bo’lgan (kiritilgan) penyalar, jarimalar va 
boshqa jazolar, bundan davlat xaridlari to’g’risidagi shartnomaga ko’ra byudjet 
tizimiga kiritilishi lozim bo’lgan (kiritilgan) neustoykalar (jarimalar, penyalar) 
mustasno; 
19) sotib olishga, ishlab chiqarishga, qurilishga, montaj qilishga, o’rnatishga 
doir xarajatlar va amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qiymatiga qo’shiladigan 
boshqa xarajatlar, shu jumladan qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, 
rekonstruktsiya qilish, modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta jihozlash hollarida 
amalga oshiriladigan, amortizatsiyaviy chegirmalar vositasidagi xarajatlar jumlasiga 
kiradigan xarajatlar; 
20) soliq to’lovchining O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amortizatsiya qilinmaydigan mol-mulkning 
dastlabki qiymatiga kiritiladigan xarajatlari;
21) ushbu Kodeksda chegirmalar jumlasiga kiritish normalari belgilangan 
xarajatlarning mazkur normalar qo’llanilgan holda hisoblab chiqarilgan 
chegirmaning eng ko’p summasidan ortiq bo’lgan summa; 
22) shakllantirilishi ushbu bo’limda va (yoki) O’zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan zaxira jamg’armalariga va boshqa 
jamg’armalarga ajratmalar, bundan ushbu Kodeksning 
327, 328 va 338-moddalarida
nazarda tutilgan normalar doirasidagi chegirmalar mustasno; 
23) soliq to’lovchi tomonidan hisoblangan dividendlar; 
24) agar ushbu Kodeks 
404-moddasi birinchi qismining 15-bandida
boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ixtiyoriy sug’urta badallari, bundan soliq to’lovchi 
tomonidan jismoniy shaxslarning foydasiga to’lanadigan badallar mustasno;
25) soliq to’lovchi tomonidan ushbu Kodeksning 
322-moddasiga
muvofiq 
soliq solish maqsadlarida xarajatlar deb e’tirof etiladigan xarajatlarning summasidan 
ortiqcha hisoblangan foizlar va ayrim xarajatlar; 
26) tekin o’tkazilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bunday 
o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan, shu jumladan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 
kiritilgan xarajatlar, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra mol-mulkni 
o’tkazish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tizimining 
texnik vositalarini o’tkazish va ulardan foydalanish hamda ularga xizmat ko’rsatish 
bo’yicha xizmatlar ko’rsatish mutasno;
27) ishonchli boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruv shartnomasini 
bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari, agar ishonchli boshqaruv shartnomasida 
muassis naf oluvchi emasligi nazarda tutilgan bo’lsa; 
28) notijorat tashkilotlarga va xalqaro tashkilotlarga to’lanadigan badallar, 
yig’imlar va boshqa to’lovlar, bundan bunday badallarni, yig’imlarni va boshqa 
to’lovlarni to’lash qonun hujjatlarida (shu jumladan chet davlatlarning qonun 
hujjatlarida) nazarda tutilgan va (yoki) ushbu badallarni, yig’imlarni va boshqa 
to’lovlarni to’lagan soliq to’lovchilar tomonidan faoliyatni amalga oshirish sharti 


311 
yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan soliq to’lovchilar o’z faoliyatini yuritishi uchun 
zarur xizmatlarni taqdim etish sharti bo’lgan hollar mustasno; 
29) soliq to’lovchi tomonidan tashkil etilgan zaxira mablag’lari hisobiga ishlab 
chiqarish xarajatlari, agar bunday zaxiralarni tashkil etishga doir xarajatlar, ushbu 
Kodeksda yoki O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritilgan bo’lsa; 
30) mol-mulkning arzonlashish (qadrsizlanish) summalari; 
31) oddiy shirkat shartnomasi doirasida sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan 
ko’rilgan zararlar, shu jumladan shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) 
umumiy mulkidagi ulushni qaytarish yoki bunday mol-mulkni bo’lish chog’ida 
ko’rilgan zararlar;
32) soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi 
tomonidan ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisiga soliqni (bo’nak to’lovlarini, joriy 
to’lovlarni, penyalarni, jarimalarni) ushbu Kodeksda soliq to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi uchun belgilangan tartibda to’lash uchun berilgan pul 
mablag’lari. Shuningdek soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul 
ishtirokchisi tomonidan bu guruhning ishtirokchisiga ushbu soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan soliq (bo’nak 
to’lovlari, joriy to’lovlar, penyalar, jarimalar) summasi aniqlanishi munosabati bilan 
berilgan pul mablag’lari. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish