O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Obyektlarni qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

32-modda. Obyektlarni qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq to‘liq tayyor bo‘lganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik
deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-
montaj ishlarining sifati to‘g‘risidagi xulosalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq qurilishi tugallangan
obyektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi (bundan buyon matnda
komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab
chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida
imzolanadigan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan
rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish
dalolatnomasi komissiya a’zolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda texnik va
mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakli maxsus vakolatli
davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish ishtirokchilarining vazifalariga quyidagilar kiradi:
qurilishi tugallangan obyektning tayyorligini belgilash va hujjatli tasdiqlash;
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik
normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;
texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarni (muhandislik tizimlarini) sinovdan o‘tkazish;
obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sig‘imi, o‘tkazuvchanligining) shaharsozlik
hujjatlarida tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiqligini belgilash.
Tasdiqlangan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlari
aniqlangan taqdirda, shuningdek texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning
salbiy xulosalari mavjud bo‘lganda buyurtmachi (komissiya) pudratchi buzilishlarni bartaraf
etgandan so‘ng obyektni foydalanishga qabul qiladi.
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan
qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi.


Quyidagilar qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun asos
bo‘ladi:
qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
obyektning ijro hujjatlari to‘plami;
pudratchi tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;
mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa;
texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan qurilish-montaj ishlarining
sifati to‘g‘risidagi xulosa.
Hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma
berilgan sana obyekt foydalanishga topshirilgan sana hisoblanadi.
Qurilgan obyektdan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish to‘g‘risidagi
tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan
foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muvofiqlik deklaratsiyasining, qurilish-montaj ishlarining sifati va bajarilgan ishlarning
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini to‘g‘risidagi xulosalarning buyurtmachiga
taqdim etilishi ishlab chiquvchini, pudratchini, texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi
shaxslarni obyektni loyihalashtirish, qurish, qabul qilish va foydalanishga topshirishda bajarilgan
ishlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Buyurtmachi qurilishi tugallangan obyektni o‘z vaqtida topshirish-qabul qilish va uni
foydalanishga topshirish uchun javobgar bo‘ladi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish va uni foydalanishga topshirish bo‘yicha tartib-
taomillarni o‘tkazish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish