O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

20-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli
davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish tarhlarini va
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining
shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot
ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari
mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini,
shuningdek madaniy meros obyektlariga ega bo‘lgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini
tasdiqlaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari
uchun chegaralarni belgilash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar
kiritadi;
shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini
ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan taqdim etilgan idoraviy qurilish
normalarini kelishib oladi;
shaharsozlik, arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga,
ixtisoslashgan davlat ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya
jarayonining darajasi va sifatini oshirishga, qurilish sohasida, shu jumladan xorijdagi yetakchi ilmiy-
tadqiqot muassasalarida loyihachilarni hamda mutaxassislarni qayta tayyorlashga va ularning
malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat
standartlariga, qurilish ishlari texnologiyalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatiga rioya
etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshiradi va
ekspertiza xulosalarining yagona reyestrini yuritadi;
qurilishda standartlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini
amalga oshiradi;
aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;


shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibini
belgilaydi;
shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
shaharsozlik 
hujjatlarining 
ekspertizasini 
amalga 
oshiruvchi 
yuridik 
shaxslarni
akkreditatsiyadan o‘tkazadi;
qonun hujjatlariga muvofiq malakasi bo‘lishi majburiy bo‘lgan, loyihalashtirish va qurilish
sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlashtiradigan yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida aholini muntazam
ravishda xabardor qiladi;
o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan shaharsozlik faoliyati subyektlari
o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini ro‘yxatga oladi;
texnik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachining va mualliflik nazoratini amalga
oshirish bo‘yicha ishlab chiquvchining ishlarini tekshiradi, shuningdek texnik va mualliflik nazorati
sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida
vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish
materiallari va buyumlarining ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi hamda qo‘llanilishini,
shaharsozlik normalari va qoidalari hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari talablari chidamlilik va
puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab bo‘lgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va
inshootlarning avariya xavfi bo‘lgan, obyektlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-
montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib turadi. Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab
chiqarishni, realizatsiya qilishni hamda qo‘llashni, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni
tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan tarzda to‘xtatib turish sud
tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va
sog‘lig‘i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n
ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari mustasno;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqadi
va jarima tarzidagi ma’muriy jazo beradi;
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalar ishida
ishtirok etadi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish