O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

16-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar
Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab
chiqish bo‘yicha faoliyatni boshlash to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish asosida faoliyat
yuritadigan yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda
ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiquvchilar:
ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq
belgilash;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish;


qurilish, montaj ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda normativ
talablardan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlarining
shikastlanishi hamda yo‘q qilinishi xavfini tug‘diradigan, shuningdek yuridik va jismoniy
shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlariga ziyon keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar
bilan bajarilgan taqdirda, qurilish, montaj ishlarini va maxsus ishlarni to‘xtatib turish yoki tugatish
haqida takliflar kiritish;
zarur hollarda, shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ishlab chiquvchilar:
shaharsozlik hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlashi;
o‘zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar
bilan kelishib olishi shart.
Ishlab chiquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va
ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
17-modda. Obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar
Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar obyektlarni
qurish bo‘yicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar pudratchilar sifatida:
ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12
metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-
joylarni qurish;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, xo‘jalik-maishiy
binolarini qurish;
yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bog‘dorchiligi,
uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida xo‘jalik-maishiy imoratlarini
qurish;
tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirish talab
etilmaydigan jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer
uchastkalarini obodonlashtirish;
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan, yig‘ma-qismlarga ajraladigan
konstruksiyalardan quriladigan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish
obyektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish;
ikkitadan ko‘p bo‘lmagan avtomashinaga mo‘ljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish;
kichik arxitektura shakllarini qurish va hududlarni o‘rash;
ochiq sport maydonchalari, yo‘laklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish;
reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish;
mulkdorlarning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan texnik jihatdan murakkab
bo‘lmagan imoratlarni qurish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli
hududiy bo‘linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning,
inshootlarning va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy qiyofasini hamda konstruktiv yechimini
yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydigan o‘zgartirishlar kiritish;
ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahatlar olish huquqiga ega.
Pudratchilar:
qurilishni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;


shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga,
shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan yechimlarga rioya etishi;
buyurtmachining texnik nazoratiga oid, ishlab chiquvchining mualliflik nazoratiga oid
qonuniy talablarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi
nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalarning qonuniy talablarini bajarishi;
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlarni mehnatni muhofaza qilish,
texnika xavfsizligi anjomlari, jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi;
buyurtmachiga qurilishi tugallangan obyektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan
shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi
to‘g‘risidagi deklaratsiyani (bundan buyon matnda muvofiqlik deklaratsiyasi deb yuritiladi) taqdim
etishi shart.
Pudratchilar qurilishning pirovard natijalari va pudrat shartnomasida belgilangan
majburiyatlarga muvofiq shartnoma narxiga rioya etilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Pudratchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish