O‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi


-bob. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi



Download 250,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/46
Sana01.07.2022
Hajmi250,08 Kb.
#723583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
22.02.2021

4-bob. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi
23-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini o‘tkazish
Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan
tarkibiy bo‘linmalari, bunga vakolatli bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining
ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek
akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi)
tomonidan o‘tkaziladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari
ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan
o‘tkaziladi.
Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan
shaharsozlik, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya
qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishi
lozim.
Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va
yong‘in xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga
oshiriladigan obyektlar bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish
talab etilmaydi.
Quyidagi obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi majburiy emas:
mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar;
uch yuz kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12
metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-
joylar;
I xavf-xatar toifasiga kiradigan obyektlar;
binolarni, inshootlarni va boshqa obyektlar joriy ta’mirlanganda.


Loyiha yechimlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan qurilayotgan yoki mavjud
obyektlarning konstruksiyasi o‘zgarganda (qavatlar soni o‘zgarganda, yonma-yon qurilganda,
ustiga qavat qurilganda) shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan o‘zgartirishlar qismida qayta
ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ilgari ekspertizaning ijobiy xulosalari berilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar
takroran qo‘llanilganda ekspertiza ushbu loyihalarni aniq bir joyga va shartlarga bog‘lash qismida
amalga oshiriladi.
Buyurtmachi zimmasiga shaharsozlik hujjatlarining to‘liq to‘plamini ekspertizadan o‘tkazish
uchun taqdim etish va ularning ishonchliligini ta’minlash majburiyati yuklanadi.
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi buyurtmachilar va ekspert tashkilotlari tomonidan
tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi, bunda xarajatlar ko‘rib chiqilayotgan loyihani
ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi.
Ekspertizaning ijobiy xulosalari (bundan davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan
boshqa sirlarni o‘z ichiga olgan shaharsozlik hujjatlariga doir xulosalar mustasno) ular ekspertiza
xulosalarining yagona reyestriga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy deb tan olinadi.
Ekspertizaning ijobiy xulosalari shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish, tasdiqlash va kelgusida
amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi va muddatlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 250,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish