shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi
hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani hal
etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir
qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari,
konstruksiyalari hamda buyumlari qo‘llanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini,
konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qo‘llashni to‘xtatib
turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik
normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qo‘llaniladigan qurilish materiallari,
konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiq bo‘lishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati
yuritilishi ustidan tanlab o‘tkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ma’muriy bayonnomalarni
rasmiylashtiradi va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi;
o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni,
ma’lumotlar va axborotni vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlaridan so‘raydi va oladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini,
ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati
tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi;
qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish bo‘yicha idoralararo komissiyalar ishida
ishtirok etadi;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruksiyalarning
ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qo‘yish, poydevorlar ostidagi
tuproqni, qo‘llanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik
kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash
uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: