O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to‘g‘risida


-modda. Bir shaxsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy



Download 274,5 Kb.
bet3/10
Sana15.11.2022
Hajmi274,5 Kb.
#866696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vasiylik va homiylik qonun va nizom

25-modda. Bir shaxsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy
yoki homiy etib tayinlash
Zarurat bo‘lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.
SHaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Ayni bir vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.
26-modda. Voyaga etmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga etmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra vasiy yoki homiy tayinlash
Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko‘ra o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o‘zining voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Voyaga etmagan bolalarning ota-onasi o‘z sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo‘lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o‘z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Ota-onaning o‘z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko‘rsatilgan holda ularning o‘z qo‘li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ota-ona o‘z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo‘li bilan bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.
O‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga etmaganga homiy voyaga etmaganning aniq shaxs ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.
Tuman, shahar hokimi voyaga etmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga etmaganning o‘zi ko‘rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonun hujjatlariga yoxud voyaga etmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda qabul qiladi.
27-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo‘lgan voyaga

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish