O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to‘g‘risida


Vasiylik kengashining majburiyati



Download 274,5 Kb.
bet10/10
Sana15.11.2022
Hajmi274,5 Kb.
#866696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vasiylik va homiylik qonun va nizom

4. Vasiylik kengashining majburiyati.
4. Vasiylik kengashi quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya oluvchilarning to‘laqonli bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratishda, o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat siyosati va dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashish;
muassasaning byudjetdan tashqari tushumlaridan foydalanish yuzasidan faoliyat dasturini ishlab chiqishda har tomonlama ko‘maklashish va uning ishlarini o‘z vaqtida nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ta’lim muassasasi tomonidan byudjetdan tashqari tushgan moliyaviy va moddiy mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini amaldagi qonun hujjatlari asosida ta’minlash.
5. Kengash faoliyati ta’lim muassasasi Ustavi, «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ota-onalar qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizom va mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boriladi.
IV. Vasiylik kengashining boshqaruv tuzilmasi va faoliyati.
6. Kengashning umumiy majlisi-Kengash boshqa­ruvining oliy organi bo‘lib, u kengash faoliyatining barcha sohalarini takomillashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Kengashning umumiy majlisi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.
7. Kengash tarkibi 9-11 kishidan iborat bo‘lib, ota-onalar, pedagogik jamoa, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, homiylardan saylanadi.
8. Umumiy majlis vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Kengash boshqaruvi tarkibini va uning raisini tasdiqlaydi(Kengash raisligiga muassasa ma’muriyati va ota-onalar qo‘mitasi raisi saylanishi mumkin emas);
Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini aniq­laydi;
Kengash faoliyatining yarim va bir yillik ish re­jasini tasdiqlaydi;
muassasaning byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tuzilayotgan xarajatlar smetasini va unga kiritilayotgan o‘zgarishlarni kelishuvdan o‘tkazadi;
Kengash yig‘ilishi raisning yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotini eshitadi va tasdiqlaydi;
Kengash faoliyatini o‘zgartirish, qayta tuzish yoki tu­gatish masalalarini hal qiladi.
9. Kengash raisi va uning a’zolari har yil sentyabr oyida bir yil muddatga ota-onalar umumiy yig‘ilishida saylanadi. Kengash raisi ta’lim muassasasi pedagogika kengashi a’zosi bo‘ladi.
10. Kengash a’zolari tarkibiga barcha sinf ota-onalari nomidan vakil qilingan o‘qituvchi va tarbiyachilar, homiy hamda jamoat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
11. Kengash bilan maktab rahbariyati o‘rtasida bahs va kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, uni tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari hal etib beradilar.
12. Ta’lim muassasasi o‘z hisob raqamidagi byudjetdan tashqari mablag‘laridan faqat Kengash yig‘ilishi qarori asosida foydalanishi mumkin.
Muassasaning hisob raqami mavjud bo‘lmagan holatlarda byudjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari hisob raqami orqali amalga oshiriladi. Bu holda ham xarajatlar, albatta, Kengash yig‘ilishi qarori ruxsati bilan amalga oshiriladi.
13. Sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlar uchun, zarur hollarda, xarajatlar ota-onalarning roziligi bilangina amalga oshiriladi va bu haqda Kengashning qarori chiqarilishi shart.
14. Kengash ta’lim muassasasining moddiy-texnika negizini yaxshilashga ko‘maklashish yuzasidan barcha shakl­dagi homiylik hamda muruvvat yordamlari, pul mablag‘lari, turli jihozlar, anjomlar va boshqalarning, shuningdek, ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlab chiqa­rishni tashkil etish orqali topilgan mablag‘larning tegishli tartibda ta’lim muassasasiga kirim qilinishini nazorat qiladi, muassasa ehtiyojidan kelib chiqqan holda va faqat Kengash yig‘ilishi qarori asosida sarflashga ruxsat beradi. SHu bilan birga Kengash raisi ta’lim muassasa direktoridan ta’lim muassasa hisobiga tushgan byudjetdan tashqari mablag‘larning miqdori, uning qay maqsadlarda ishlatilgani haqida Kengash umumiy yig‘ilishida hisobot beri­shini talab qilishga haqli.
15. Muassasa ma’muriyati Kengash samarali ishlashi uchun muassasa sharoitidan kelib chiqqan holda alohida xona ajratib berishi mumkin.
V. YAkuniy qoidalar.
16. Kengashni qayta tuzish va uni tugatish Kengashning umumiy yig‘ilishida amalga oshiriladi.
Ta’lim taraqqiyoti jurnali 2005 y. №-6.
XTVning 2005 yil 21 oktyabrdagi 260-sonli buyrug‘iga ilova.
Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish