O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to‘g‘risida



Download 274,5 Kb.
bet1/10
Sana15.11.2022
Hajmi274,5 Kb.
#866696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vasiylik va homiylik qonun va nizom

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to‘g‘risida


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 1-son, 1-modda) Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 8 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs — o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxs;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar — alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.
4-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning o‘z vaqtida aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlash;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
5-modda. Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari
Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik va mehr-shafqat;
vasiylik va homiylik masalalarida individual yondashuv;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi;
vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning ixtiyoriyligi.
6-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oila joylashgan erdagi vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ushbu oilani kuzatib borishni amalga oshiradi.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi.
Vasiylikka yoki homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish bepul amalga oshiriladi.
2-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIK SOHASIDAGI FAOLIYATNI AMALGA OSHIRUVCHI DAVLAT ORGANLARI HAMDA ULARNING VAKOLATLARI
7-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:
tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan — voyaga etmaganlarga nisbatan;
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga nisbatan;
tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan — sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash chora-tadbirlarini ko‘radi.
Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
vasiylik va homiylik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
vasiylik va homiylikni belgilash, shuningdek vasiy va homiy tayinlash tartibini belgilaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reestrini (bundan buyon matnda davlat reestri deb yuritiladi) tashkil etish va yuritish tartibini hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini belgilaydi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari o‘z vakolatlari doirasida:
Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga munosib turmush va ta’minot sharoitlarini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislar tayyorlaydi;
oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, xizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish markazlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
davlat reestrini yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish bo‘yicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
11-modda. Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari
Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va hisobga olish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ta’minoti, ularga tarbiya va ta’lim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat qilish.
12-modda. Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida:
etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
etim bolalarning va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
etim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
etim bolalarning va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
etim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko‘rsatadi;
etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini ta’minlaydi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘radi;
voyaga etmaganni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish to‘g‘risida sudga zarur hollarda ariza bilan murojaat qiladi, voyaga etmaganning qonunda belgilangan tartibda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi hollari bundan mustasno;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida:
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari o‘z vakolatlari doirasida:
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi;
homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga homiylikdagi shaxslarning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko‘rsatadi;
homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarga homiylik masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
Tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-BOB. VASIYLIK YOKI HOMIYLIK BELGILANISHIGA MUHTOJ BO‘LGAN SHAXSLAR VA ULARNING MOL-MULKI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROT
15-modda. Davlat reestriga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish
Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun har oyda tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli o‘zgargan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari mazkur o‘zgarishlar to‘g‘risida etti ish kuni ichida tuman, shahar hokimligini xabardor etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini mazkur shaxsning yangi yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar yig‘majildining ko‘chirma nusxasi vasiylik va homiylik organining arxivida qolishi shart.
16-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganligi to‘g‘risida vasiylik va homiylik organlariga ma’lumotlar taqdim etish
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran etti ish kuni ichida ular haqidagi ma’lumotlarni yozma shaklda vasiylik va homiylik organlariga yuboradi.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan bolalar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazishi shart.
17-modda. YAshash joyi O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo‘lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining majburiyatlari
YAshash joyi O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo‘lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlangan taqdirda vasiylik va homiylik organlari:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun ular haqiqatda turgan joydagi tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxs aniqlanganligi haqida uning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organidan mazkur shaxsning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari, turar joyi va boshqa mol-mulki bor-yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni oladi;
ularni yashash joyiga qaytarishga ko‘maklashadi.
Yashash joyi O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo‘lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
18-modda. Davlat reestrini yuritish
Davlat reestrini tuman, shahar hokimligi yuritadi.
Davlat reestriga vasiylik va homiylik organlaridan kelib tushadigan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Davlat reestrini tashkil etish va yuritish tartibi hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
4-BOB. VASIYLIK VA HOMIYLIKNI BELGILASH. VASIY YOKI HOMIY TAYINLASH
19-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish