O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Vasiylik va homiylik to‘g‘risida


-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda vasiylik yoki



Download 274,5 Kb.
bet2/10
Sana15.11.2022
Hajmi274,5 Kb.
#866696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vasiylik va homiylik qonun va nizom

20-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda vasiylik yoki
homiylik belgilash
Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda, basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanadi.
21-modda. Vasiy yoki homiy tayinlash
Vasiylik yoki homiylik bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Voyaga etgan fuqarolar faqat o‘z roziligiga ko‘ra vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.
Tuman, shahar hokimi vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning yozma arizasiga muvofiq vasiy yoki homiy tayinlaydi.
Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olinishi lozim.
Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga bir oy ichida vasiy yoki homiy tayinlanmagan bo‘lsa, vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajarish vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxs aniqlangan joydagi tegishli vasiylik va homiylik organining zimmasiga vaqtincha yuklatiladi.
Ota-onasi bo‘lgan voyaga etmaganlarga nisbatan tegishli vasiylik va homiylik organi ularning ota-onasi yoki qarindoshlari qaramog‘ida bo‘lmaganligi fakti aniqlangan kundan e’tiboran vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.
Vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash muassasalariga yozma so‘rov yuboradi. Bunda vasiylik va homiylik organi fuqaro to‘g‘risidagi faqat vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajarish qobiliyatini aniqlash imkonini beradigan axborot taqdim etilishini talab qiladi.
Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olingan ma’lumotlar maxfiy bo‘lib, oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
YAshash joyidan qat’i nazar, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning qarindoshlari, u yashayotgan oilaning shaxslari, aka-ukalarni va opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini uzmasdan vasiylikka yoki homiylikka olayotgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vasiy yoki homiy etib tayinlanishda imtiyozli huquqqa ega.
Vasiy va homiy tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda. Vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar
Quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas:
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar.
23-modda. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur bo‘lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko‘ra, basharti mazkur shaxs tomonidan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi, yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan olingan ma’lumotnoma va tavsifnoma taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.
Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno.
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tguniga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan bo‘lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.
24-modda. SHaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.
Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o‘zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo‘lishi lozim.
Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishiga ko‘maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga etmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o‘rtasida taqsimlanadi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o‘zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o‘rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o‘z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish