1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va
manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan,
shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan
iborat.
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan yuboratdir.
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra
tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog‘liq
munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
tadbirkorlik faoliyati erkinligininig kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |