9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari;
xavfsizlik, ekologiya, sanitriya, gigena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lishlari;
pochta manzili va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z
vaqtida xabardor qilishlari;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda
taqdim etishlari shart.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar
ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |