23-modda. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot
Asosiy xo’jalik jamiyati bo’lgan va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga, o’z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi sub’ekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xo’jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo’yiladigan
talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |