25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |