natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar.
203-modda. Xodimning maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan
qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy javobgarligi
Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodim maxsus yozma
shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi
uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi. Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat
vazifasiga kirmaydigan xodim bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida tuzilgan shartnoma haqiqiy
emas deb hisoblanadi.
Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qiluvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodim
bilan ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham mehnat shartnomasiga qo‘shimcha tarzda
to‘liq moddiy javobgarlik haqida maxsus yozma shartnoma tuzilishi mumkin.
To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladigan xodimlarning toifalari ro‘yxati jamoa
shartnomasida belgilab qo‘yiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi
qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi xodimlar tomonidan ishlar birgalikda
bajariladigan, jamoa (brigada) moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin bo‘lgan bo‘linmalarning
ro‘yxati ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.
Agar xodim talabgor bo‘layotgan ish (lavozim) to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma
tuzishni talab qilsa, xodim esa bunday shartnoma tuzishga rozi bo‘lmasa, ish beruvchi uni ishga
qabul qilishni rad etishga haqlidir.
Yakka tartibdagi to‘liq yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi
shartnomada mehnat shartnomasi taraflarining xodimga, jamoaga (brigadaga) ishonib
topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha vazifalari aniq ko‘rsatiladi hamda
ularning qo‘shimcha huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilab qo‘yiladi.
Yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik haqidagi shartnomaga binoan qimmatliklar
ularning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladigan aniq bir xodimga
topshiriladi. Bunday shartnoma tuzgan xodim javobgarlikdan ozod bo‘lish uchun o‘zining aybi
yo‘qligini isbotlab berishi kerak.
Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi haqidagi shartnomaga muvofiq qimmatliklar ularning
saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy javobgarlik yuklatiladigan, oldindan
belgilangan shaxslar guruhiga (brigadaga) topshiriladi. Brigadaning ayrim a’zosi javobgarlikdan
ozod bo‘lish uchun o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berishi lozim.
Zarar ixtiyoriy ravishda to‘langanda (
206-modda
) brigada har bir a’zosining aybi darajasi
brigadaning barcha a’zolari bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Zarar sud
tartibida undirilganda brigada har bir a’zosining aybi darajasi sud tomonidan aniqlanadi.
Qimmatliklarga oid xizmat (saqlash, sotish, tashish, qayta ishlash) bilan shug‘ullanuvchi
korxonalarda ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan tahlika (tavakkalchilik) jamg‘armasi tuzilishi mumkin,
kamomadlarni shu jamg‘arma hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yiladi.
Xodim bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuzilmagan, shuningdek
bunday shartnoma pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat vazifasiga kirmaydigan
xodim bilan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs bilan yoki ushbu moddaning
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan xodimlar toifasi ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs bilan tuzilgan hollarda ish beruvchiga
yetkazilgan zarar uchun xodimga cheklangan moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Bunday
hollarda xodimga to‘liq moddiy javobgarlik, ushbu Kodeksning 202-moddasi birinchi qismining
2 —
7-bandlarida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsagina yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: