105-modda. Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor
qilish
Muddatli mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan bekor qilinadi.
Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va
taraflardan birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma
nomuayyan muddatga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo‘lgan xodimning ishda bo‘lmagan vaqtiga mo‘ljallab
tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.29-
bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan
mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi
qarorining
4
va
6-bandlari
.
106-modda. Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar
bo‘yicha bekor qilinishi
Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;
Oldingi
tahrirga qarang.
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan
Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga
(ishiga) qaytgan taqdirda;
(106-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining
41
va
42-bandlari
.
3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti
buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsa,
shuningdek xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga
yo‘llangan taqdirda;
4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo‘l
qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik
qilsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
77
,
79
va
80-moddalari
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor
qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining
43-bandi
.
5) xodimning vafoti munosabati bilan;
6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
247-moddasi,
Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.39-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi
qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining
44-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |