O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

98-modda. Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy
bo‘ysunuvi o‘zgargan hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi
Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib
yuborilgan, birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat munosabatlari
xodimning roziligi bilan davom etaveradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
489 — 511

1112 — 1159-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi
(kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 40-bandining
birinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada
bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim
tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir (100-modda ikkinchi qismining
6-bandi
).
Korxonaning boshqa xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi 
qonun hujjatlariga 
muvofiq holda
bekor qilinishi mumkin.
(98-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Korxonaning bir organ bo‘ysunuvidan boshqa organ bo‘ysunuviga o‘tkazilishi mehnat
shartnomasining amal qilishini to‘xtatmaydi.
99-modda. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga
qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda
ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni
to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob
qilishi shart.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish
muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari 
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.23 —
2.28-bandlari.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha
belgilangan ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqlidir.
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor
qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan


mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi, bunday holda mehnat
shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini
davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab
qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat
shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining 
15-bandi
.
Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor
qilinganda ushbu Kodeksning 
104-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xodimning neustoyka
to‘lashi belgilab qo‘yilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
 (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.24 —
2.28-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining 
7

8
 va 
9-bandlari
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish