O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

50-modda. Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar
Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va
ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari bilan ham tuziladi.
Hududiy kelishuvlar hududlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni hal qilish shartlarini belgilaydi.
51-modda. Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari
Jamoa kelishuvlarini ishlab chiqish va tuzish tartibi, muddatlari ushbu Kodeksning 
32-
moddasida 
nazarda tutilgan komissiya tomonidan belgilanadi va uning qarori bilan
rasmiylashtiriladi.
Xodimlarning tegishli pog‘onadagi vakillik organlari (ularning birlashmalari) bir nechta
bo‘lgan taqdirda, xodimlar tomonidan ajratiladigan komissiya a’zolari shu organlar (ularning
birlashmalari) o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Jamoa kelishuvining loyihasi komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va kelishuv
qatnashchilarining vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taraflar tomonidan imzolangan jamoa kelishuvi, uning ilovalari yetti kunlik muddat ichida
kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek bildirish ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli organlariga yuboriladi.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
52-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni
Jamoa kelishuvlarining mazmunini taraflar belgilaydilar.
Jamoa kelishuvlarida:
mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va uni muhofaza qilish, mehnat va dam olish tartibi;
narxlarning o‘zgarib borishiga, inflatsiya darajasiga, kelishuvlarda belgilab qo‘yilgan
ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;


eng kam miqdori qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha
to‘lovlar;
Keyingi
 tahrirga qarang.
xodimlarning ishga joylashishiga, ularni qayta o‘qitishga ko‘maklashish;
ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog‘lig‘ini
muhofaza qilish;
xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar;
davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
nogironlar va yoshlar (shu jumladan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar) mehnatidan
foydalanish maqsadida ular uchun qo‘shimcha ish joylari tashkil etuvchi korxonalarga beriladigan
imtiyozlar;
Keyingi
 tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini
tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash
to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Jamoa kelishuvlarida boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qonun
hujjatlariga zid kelmaydigan qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish