15-modda. Markaziy bankning yillik hisoboti
Markaziy bankning hisobot davri kalendar yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar etib belgilanadi. Yillik hisobot auditorlik tashkilotining xulosasi ilova qilingan holda 15-maydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Markaziy bankning yillik hisoboti:
iqtisodiyot holatining tahlilini;
Markaziy bankning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shu jumladan pul-kredit siyosatining va bank sektori holatining sharhini o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank har yili yillik hisobotni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1419, 25.10.2004-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |