16-modda. Markaziy bank faoliyatining ichki auditi
Markaziy bank faoliyatining ichki auditi Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ichki auditorlik xizmati o‘z faoliyatida Auditorlik qo‘mitasiga hisobdordir.
Markaziy bankda uch nafar a’zodan, shu jumladan bir nafar mustaqil a’zodan iborat bo‘lgan Auditorlik qo‘mitasi tashkil etiladi. Auditorlik qo‘mitasining vakolatlari va faoliyatining reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek uning a’zolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
Auditorlik qo‘mitasining a’zolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga Markaziy bank boshqaruvining a’zolari kiritilishi mumkin.
Auditorlik qo‘mitasi o‘z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga hisobdordir.
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining ichki auditi yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |