3-bob. Markaziy bankning moliyaviy holati
13-modda. Markaziy bankning ustav kapitali
Markaziy bank ustav kapitalining miqdori bir trillion so‘mni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdorini ko‘paytirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 573, 19.12.1998-y.) 2-bo‘limi.
Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi yoki undan zakalat ta’minoti sifatida foydalanilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |