O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet4/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Tayanch iboralar: “Iqtisodiy sikllar”, fundamental, Yozef Shumpeter, siklik dinamika, Karl Yaspers, “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”, “Tayanch vaqt”, fransuz tarix maktabi “annallari”, Mark Blok va Lyusen Fevr, Fernan Brodel, moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar, “Dunyo tarixi-bu kortej’’, I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari: eng qadimgi odamdan bizni kunlarimizgacha”, “Tarixni nihoyasi”, Frensis Fukuyama.
Takrorlash uchun savollar



  1. Tarix fanlari taraqqiyoti va shakllanishining asosiy bosqichlarini ayting?

  2. Tarixiy sikllar tadqiqotiga qaysi olimlar salmoqli hissa qo’shdilar?

  3. Tarix falsafasi rivojlanishiga Sharq olimlari, jumladan Al-Beruniy qanday hissa qo’shdi?

  4. Tarix fanlarining tizimini taraqqiyoti uchun Tarix falsafasining ahamiyatini ochib bering?

  5. Tarix fanlari piramidasini tavsiflang?

Mustaqil ish mavzulari



  1. XX asrning 70-yillari boshlaridagi yalpi iqtisodiy va ekologik tushkunliklarni sabablari, oqibatlari.

  2. A.Toynbining lokal sivilizatsiyalar nazariyasi.

  3. E.N.Gumilyevning tarixiy etnografik asarlari.



Mavzuni o’rganish metodlari

Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish “mavzusini o'rganish uchun o’qitishning tadqiqot modelidan foydalanish samaralidir.


Ko’pchilik yetakchi pedagoglarning fikriga qaraganda ,tadqiqotlar talaba(magistrant)larga inson hatti-harakatiga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa faktlarni jiddiy tahlil qilish yordamida topishga ko’maklashadi.
Tadqiqot usulida o’qitishda talabalar(magistrantlar)da savol qo’yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otishni nazarda tutadi. Jahon sivilizatsiyalari fanini o’qitish jarayonida bu usuldan foydalanish samara berishi mumkin.
Bu usul yordamida o’qitish tashkil qilinganda, tadqiqot usuli talabalar(magistrantlar) ni amaliy- ilmiy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Ta’limga bunday yondashishning maqsadlaridan biri, mustaqil fikrlaydigan va aniq bilim olish tizimiga ega bo’lgan insonlarni shakllantirish kerak. Bu usulni “Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish” mavzusiga nisbatan qo’llaganda avvalo o’qituvchi muammoni to’g’ri qo’ya bilishi muhim, bunda mavzuning tub mohiyatini ifodalaydigan tushunchani topa olish va talabalar(magistrantlar)dan aynan nima so’ralishi mumkinligini aniqlay olish kerak. Shu metod bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar(magistrantlar) muammoni aniqlashga, uni tahlil qilish jarayonida hissiyotlarga berilmasliklariga, obyektiv bo’lishga o’rganadilar.Talaba faktlarni hurmat qilishga va har qanday bilim nisbiy ekanligini, yangi ma’lumot paydo bo’lishi bilan o’zgarishini mohiyatiga tushinib yetadilar.Bu metod talabalarni oliy darajadagi fikrlashiga imkoniyat yaratadi, talaba o’zi to’plagan ma’lumotlarni tahlil qila oladi.
Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish muammoni tuza bilishdan, uni qo’ya bilishdan va ifodalashdan boshlanadi.Bu mavzuni o’tish uchun oldindan talabalar(magistrantlar)ga kompyuterdan va kutubxonadan ma’lumotlarni izlash vazifasi beriladi.Bunda talaba(magistrant) tavsiya etilgan adabiyotlardan bir nechasi bilan tanish bo’lishi shart. Shundagina u bahsga kira olishi, faktlarni qiyoslagan holda yangilik yarata olishi mumkin. Eng muhimi, bunda talaba(magistrant) o’z fikrini asoslashi va muammoni yechish uchun kerak bo’lsa, o’zi ilgari surgan gipoteza bo’yicha tadqiqotini yana davom ettirishi mumkin. Bunda shu paytgacha olingan bilimlar tahlil qilinadi va qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga qarab yangi muammoni qo’yish ham mumkin.
O’qitishning bunday usuli o’z oldiga ikkita maqsadni qo’yadi:
1.Ilmiy metodlarni qo’llashni o’rganish va mazmunini o’zlashtirishga yordam berish.
2. Axborot yig’a olishga o’rganish.
Tadqiqot modeli bo’yicha darsni quyidagicha olib borish mumkin:
a).Talabalar(magistrantlar)ga oldindan quyidagi adabiyotlarni o’qib kelish tavsiya etiladi:
K. Yaspers “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”
I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari: eng qadimgi odamdan bizni kunlarimizgacha”
F. Fukuyama “Tarixning nihoyasi”.
Тойнби А. Дж. Постижение истории
b) darsda talabalar uchun quyidagi muammolardan birini qo’yish mumkin:
1. Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganishda qanday konsepsiyalar mavjud ? Ularga munosabatingiz?
2. Siz tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganishda qaysi konsepsiyani ma’qullaysiz? (fikringizni manbalardan olingan ma’lumotlar asosida ilmiy asoslang)
Bu bu usul orqali talabalar(magistrantlar)ni mustaqil fikrlashga va ilmiy xulosalarni mantiqiy ifoda eta olishini shakllantiriladi.
Eng muhimi talaba(magistrant) mavzuga oldindan tayyorlanib kelishga o’rganadi, axborotlarni yig’ish, ularni guruhlashga o’rganadi.
Shu o’rinda talabalar(magistrantlar)ga quyidagi sxemani (1-sxema) to’ldirishni taklif etish maqsadga muvofiq, chunki talaba(magistrant)bu sxemani mustaqil to’ldirish bilan birga nazariyalarni bir-biridan farqlay oladi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish