O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


SIVILIZATSIYALAR ALMASHUVI MEXANIZMI



Download 1,75 Mb.
bet9/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

SIVILIZATSIYALAR ALMASHUVI MEXANIZMI
Nima uchun sivilizatsiyalar almashadi? Chunki hukmron sivilizatsiya tarixi unga bergan tarixiy muddatni, o’z kuchini sarflab bo’ldi va o’z hayotiy siklining so’ngi fazasiga kirdi. Boshlanishda u yosh, to’la kuchga egaligi bilan aholining o’sib borayotgan ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirdi, iqtisodiy o’sishning yuqori darajasiga yetishiga va ma’naviy sohani ko’tarilishiga yordam berdi. Lekin keyin esa bu imkoniyatlar tugadi. Texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy mexanizmlar, ilmiy-texnik, ta’lim va madaniy kuch-quvvatlar sezilarli eskirdi, to’zidi, tub yangiliklar, o’zgarishlarni inkor qiladi. Ko’tarilish davrida o’sib borgan ehtiyojlar bilan uni qondirish uchun yanada cheklangan imkoniyatlar o’rtasidagi oraliq kuchayib boradi.
Bu qarama-qarshiliklarning tuguni sivilizatsiyaning butun hayot sikli davomida bir marta paydo bo’ldi, deb aytish mumkin emas. “Trayektoriya ko’proq “uch o’rkachli tuyani” eslatadi; odatda yuksalish uch marta kuzatiladi, uning orqasididan turg’unlik, tushkunlik yuz beradi.
112

111 113

K 2
K 1 K 3


3-tasvir
Fazalar: tug’ilish shakllanish yetuklik qarish tushkunlik qoldiq (relikt)
3-rasm. Sivilizatsiya dinamikasi trayektoriyasi
111, 112, 113-sivilizatsiyaning shakllanish, gullab-yashnash va keksayish fazalaridagi yuksalish bosqichlari.
K1, K2, K3 o’sha fazalarda tushkunlik bosqichlari.

Yangi sivilizatsiyaning shakllanish fazasida, tez tarqalishida nisbatan uzoq davom etmagan, bo’lmagan, lekin yuqori, birinchi yuksalish kuzatiladi. Jamiyatning faol kuchlari, yaratuvchanlik romantikasi bilan ruhlanadilar. Yangilangan ishlab chiqarish kuchlari, o’zlashtirish va taqsimot shakllari iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini tushkunlik vaqtida qiynalgan aholining turmush kechirish darajasi va sifatini yuqori bo’lishini ta’minlaydilar. Lekin tezda yuksalish abadiy emasligi, u ko’p holda eski o’layotgan jamiyatning parchalariga qurilganligi, muddati cheklangan yoshlik kuch-g’ayratiga asoslangan ko’rinadi. Sivilizatsiya ilk bosqichining birinchi tushkunligi, ko’ngil qolish davri kiradi.


Bu tushkunlikni bosib o’tib, romantik xom xayollardan qutulib ulg’aygan jamiyat nisbatan uzoq va barqaror yetuklik fazasini yuksalish davriga kiradi, qachonki o’z xususiy asosiga rivojlanayotgan bu sivilizatsiyaning mohiyati, asosiy belgilari va afzalliklari to’la hajmda ko’rinadi.
Yetuklik fazasi ertami, kechmi nihoyasiga yetadi. Bu sivilizatsiyaga berilgan kuch-qudratni tugash belgilari quyuqlasha boshlaydi. Boylikning oz qismini olgan ijtimoiy qatlamlarning noroziligi kuchaya boshlaydi. Ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari pasayadi, yetuklik fazasini tugallaydigan yangi tushkunlik boshlanadi. Biroq, bu sivilizatsiyani hali tugashi emas. Yemirilishni o’sib borayotgan belgilari bilan sergak tortgan sivilizatsiya yangi sharoitlarda qo’llashga mos yangi, uzoq davom etmaydigan va yuksak bo’lmagan yuksalishga qayta qurishlar uchun so’ngi urinishlarga o’zida kuch topadi. Lekin bu eskirgan kasal organizmni qayta jonlantirishga urinish, uning keksaygan organlariga “uchinchi yoshlik”ni berish mumkin emas. Uzoq davom etmagan yuksalish orqasidan navbatdagi sivilizatsiyaga, o’tish davri boshlanganligini bildirgan jamiyatning umumiy tushkunligi boshlanadi. Yangi sivilizatsiyani shart-sharoitlari va unsurlari o’tmishga ketayotgan, mahkum jamiyatning bag’rida tug’ilib o’zini bildira boshlagan edi.
Har qanday sivilizatsiyaning harakat trayektoriyasi ana shunday. Bu Qadimgi Sharqda Misr, Ossuriya, Xett va boshqa bir necha davlatlar tarixida yaqqol ko’rinadi. Bu mamlakatlarda og’ir yo’qotishlar hamrohligida o’tish davrining bir necha fazalari kuzatiladi. Bu bosqichlarni industrial jamiyat misolida ham ko’rishimiz mumkin. Yevropa va Amerikada birinchi yuksalish XIX asr boshida kuzatildi, bu sanoat inqilobi yutuqlarini o’zlashtirish natijasi edi. Ikkinchi, uzoqroq, (40-yillar tushkunliklaridan keyin) XIX asrning II yarmidan – XX asr boshlarigacha – industrial sivilizatsiyaning gullab-yashash, yetuklik davri edi. Keyin jahon urushlari va industrial jamiyatning so’nishini boshlab bergan og’ir jahon tushkunligining 30 yillik davri kirdi. Lekin u XX asrning 50-60 yillarida yana bir yuksalish davrini boshdan kechirdi. Bu insoniyatni nihoyasiz gullab-yashnash davriga kirgani, tushkunliklardan xalos bo’lgani to’g’risida xom hayollarni tug’dirdi. Lekin XX asrning 70-80 yillar boshlaridagi va 90-yillar boshlaridagi jahon tushkunliklari bu xom hayollarni tarqatdi va ikki yuz yildan ko’proq davom etgan industrial sivilizatsiyani halokatga mahkumligini, postindustrial jamiyatni shakllanishi shubhasizligini ko’rsatdi.
Sivilizatsiyalar almashinuvi qanday yuz berdi? Sivilizatsiyalar almashinuviga sabab bo’lgan o’zgarishlarning birinchi manbasini piramida poydevorida inson va uning ehtiyojlari va qobiliyatlari-bilimlari, malaka, manfaatlari dinamikasidan izlash zarur. Biologik va ijtimoiy bo’lgan oila, alohida odamning ehtiyojlari o’zgaradi. Odamlarning har bir yangi avlodi ehtiyojlarini qondirishda erishilgan darajasiga suyangan holda, oziq-ovqat, kiyim, uy-joy, taqinchoqlarga va hokazo yangi talablar qo’yadi. Oilalar iste’mol qiladigan mahsulotlarni, xizmatlarni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha tabiiy xomashyo, buyumlar, mehnat qurollari, energiya manbalarini jalb qilish kerak. Aholi sonini o’sishi, ijtimoiy kelishmovchiliklar va urushlar, boshqaruv, mudofaa, tartibni saqlash ehtiyojlari ijtimoiy ehtiyojlar doirasini kengaytiradi. Ma’naviy ko’rinishdagi ehtiyojlarni o’sishi cheksiz. Yangi hududlarni, ko’pincha noqulay iqlim sharoitlari bo’lgan yangi hududlarni o’zlashtirish qo’shimcha ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Atrof-muhitni ifloslanishi, jamiyatni faoliyati tufayli biosferaga yetkazilgan zarar, ishlab chiqarishni tabiiy shart-sharoiti va odamlarni hayoti uchun g’amxo’rlik qilish doirasini kengaytiradi. Inson, oila, jamiyatning ehtiyojlar tuzilmasini murakkablashuvi va hajmini o’sishi jamiyat piramidasining barcha qavatlarida o’zgarishlar uchun turtki beradi.
Odamlarning ehtiyojlarini moddiy va ma`naviy, shaxsiy, ishlab-chiqarish va harbiy, joriy va istiqboldagi - o`sishining umumijtimoiy qonunini - to`g`ridan to’g’ri tushunish kerak emas. Ehtiyojlar bir tekisda o`smaydi, u o`z sikllik xususiyatiga ega. Yangi sivilizatsiyani shakllanish davrida iqtisodiy o`sish sur`atlarining kuchli o`sishi va jamg`arish, ba`zida tez sur`atlar bilan o`sib borsada, o`sib borayotgan boylik hajmini bir qismi ehtiyojlarni qondirishga sarflanadi. Aholini barcha qatlamlari bir xil sur`atda bo`lmasada, boyib boradi. Lekin yetuklik fazasida, kutish – umidlarini oqlanganini umri qisqaligi ko`rinadi. Iste’mol jamg`armasining o`sish sur`atlari sekinlashadi, yangi avlodning o`tmish o`sish sur`atlari bilan qamchilangan ehtiyojlari esa o`sib borayotgan talablarni qo`yadi, qaysiki u to`la hajmda qoniqtirilmaydi. Turli ijtimoiy qatlam va guruhlar o`rtasida sekin sur`atlar bilan o`sayotgan boylikni qayta bo`lish uchun kurash kuchayadi. Ijtimoiy qarama-qarshilik va kelishmovchiliklar kuchayadi. Hukmron elita yaqinlashib kelayotgan ijtimoiy bo`ronlar, yer osti qimirlashlarini his qilib, ularni sekinlatishga urinadi, norozi ommaga “non va tomoshalar” tashlashga harakat qiladi, shu bilan birga tashqi manbalar, militarizm, ta`sir doiralari va hududlarni qayta taqsimlashni qo`llashga harakat qiladilar. Bu harbiy sohani kuchayishiga olib keladi va yaratilgan milliy boylikda shaxsiy iste’mol jamg`armasi hissasini yanada kamayishiga olib keladi.
Bunday yo`lning istiqboli yo`qligi umumsivilizatsiya tushkunligi davrida ochiq ko`rinadi. Ishlab-chiqarishning tushkunligini boshlanishi turmush darajasini pasayishiga, va keyin aholining ko`pchilik qatlamlarini kambag`allashuviga olib keladi. Davlat aholining yordamga muhtoj qatlamlariga yordam berishga urinadi, lekin uning imkoniyatlari daromadlarni qisqarishi va byudjet taqchilligi bilan cheklangan. Qo`shimcha emissiya, muomalaga qo`shimcha pul massasini tashlashga to`g`ri keladi, bu inflyatsiyani kuchaytirib, aholini ko`pchilik qismini qashshoqlashuviga, investitsiyalarni qadrsizlanishiga olib keladi. Boylikni qayta taqsimlash, asosan “soyadagi iqtisod” foydasiga kuchayadi.
Ehtiyojlar tushkunligi oqibati bir xil emas. Bir tomondan resurslar imkoniyatlari bilan oqlanmagan, asossiz yuqori parazitik ehtiyojlar “yuviladi” (bu XX asr 70-yillarining oxiri - 80-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlarda yuz berdi).
Jamiyatning cheklangan resurslari va o`zgargan sharoitlarga mos yangi ratsional istemol modeli shakllantiriladi. Bilim va ko`nikmalarni yangilash faollashadi, noqulay muhitda jon saqlash va rivojlanishning samarali yo`llari va shakllari izlanadi. Boshqa tomondan jamiyat a`zolarining ko`payib borayotgan qismi tirikchilik uchun ishlashdan mahrum bo`ladi. Ular ishsizlar, lyumpen, uysizlar toifasiga tushib qoladi va jinoyat dunyosini to`ldiradi.
Parallel ravishda o`zgarishlar sivilizatsiya piramidasini yuqori qavatini – ma`naviyat sohasini qamrab oladi. Ijod kishilari, o`qituvchilar, vrachlar, olimlar boshqalardan oldinroq ahvol og`irlashayotganini sezadilar. O`tmish to`ntarish g`oyalarini o`ziga singdirgan, qaysiki uni bayrog`i ostida hozir hukmron bo’lgan jamiyat shakllangan, ular boshqalardan ko`ra ko`proq, endi bu g`oyalar amaliy hayotga to`g`ri kelmasligini ko`proq his qiladilar. Katta yangi g`oya va yirik kashfiyotlarga talab deyarli bo`lmaydi – ular ulkan, sekin harakat qiluvchi davlat mashinasi va monopoliyalarning eskirgan texnik tizimlari bilan rad qilinadilar. Tushkunlikdan chiqish uchun ko`plab yangi g`oyalar, konsepsiyalar ilgari suriladi, lekin ularning ko`pchiligi eskidan ma`lum edi. Lekin asta-sekin ilmiy merosda, qadryatlar tizimida yangi ijtimoiy ideal shakllana boshlaydi va uning tarafdorlari ko`payib boradi va nihoyat jamiyatning faol qismini ergashtiradi. Hammadan kech ijtimoiy ongni yemirilishiga ta`lim tizimi javob beradi; qachonki yangilangan bilim va g`oyalar, maktab va o`quv darsliklariga kiritilsa, ma`naviy sohadagi tushkunlik tugallangan deb hisoblash mumkin. Sivilizatsiyalar almashuvi jarayoni piramidaning quyi va yuqori qavatlaridan, ehtiyojlar va ma`naviy dunyo tushkunligidan boshlanadi, sub`ektiv omildan kelib chiqadi. Lekin u ishlab-chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullarida va ijtimoiy-siyosiy tuzumda tub o`zgarishlar bo`lmasa amalga oshmaydi.
Jamiyatning texnologik bazasi eng katta inersiyaga ega. Bu ajablanarli emas; texnologik tizimlarni (zavodlar, inshootlar, kommunikatsiya (qurilish, mashinalarni loyihalash, ishlab-chiqarish va ekspluatatsiya qilish, tabiiy boyliklarni o`zlashtirish) ga ulkan mablag`lar ajratiladi, qaysiki ular o`zini qoplashi kerak. Kashfiyotlar yangi texnologik tizimlarga joriy etilishidan oldin sinchiklab amaliy samaradorligi ekspertizadan o`tkaziladi. Buning uchun ishlab-chiqarish infrastrukturasi qiyofasini o`zgartirish, xodimlarni qayta tayyorlash, eskirgan mashinalarni almashtirish, ishlab-chiqarishning tashkil etishni samarali shakllarini tadbiq etish lozim bo`ladi. Texnologik bazani qayta qurish ishlab-chiqarishni qisqarishi, eskirgan ishlab-chiqarish apparatini to`la yuklanmagani va almashtirish, asosiy jamg`armalarni tubdan yangilash bilan bog`liq. Texnologik tushkunlik va to`ntarish – sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmining o`zgarmas unsurlaridir. Shu bilan birga ular ishlab-chiqarish va texnikani qo`llashning barcha sohalarini qamrab oladi va to`ntarish episentridan periferiyaga (chekka) ko`chadi. Dastlab ishlab-chiqarishning eski va yangi texnologik uslublarini qamrab olgan o`tish gibrid texnologik ukladi paydo bo`lgan. Faqat keyingi bosqichda yangi sivilizatsiyaning texnologik bazasiga to`la hajmda mos uklad shakllanadi. Texnologik sohadagi o`tish bosqichining doirasi bizni davrimizda taxminan bir yarim asr vaqtni tashkil etadi.
Texnologiya iqtisodiyot bilan ajralmas holda bog`langan. Jamiyatning texnologik asosidagi tub o`zgarishlar ishlab-chiqarishning iqtisodiy usulida siljishlarga olib keladi, qaysiki qayta ishlab-chiqarish tuzilmasida o`z ifodasini topadi. Turli qayta qurish sektorlari orasida proporsiyalar o`zgaradi. Tushkunlik sharoitlarida iste`mol sektorining hissasi-oraliqdagi ulushlarning (xomashyo, buyumlar, yoqilg`i, energiya) harbiy, investitsiya va intellektual sektorlar, qoplash (amortizatsiya) va jamg`armalarning qisqarishi hisobidan o`sadi. Harbiy urushlar harbiy sektorning ulushini yanada ko`paytirib yuborishi mumkin. Iste`molni jonlanish fazasida texnologik bazani qayta qurish investitsiya va intellektual sektorlar ulushining ko`payishini talab qiladi, bu ishlab-chiqarish o`sishini boshlanishi bilan yengillashadi. Tushkunlik sharoitida qo`shimcha mahsulot ulushi pasayadi, shaxsiy daromadlar zaruriy mahsulotni to`la kattaligini aks ettirmaydi. Asosiy jamg`armalarning (qaysiki sezilarli qismi chiqib ketadi) ko`chirilgan qiymati amortizatsiyada o`z ifodasini topadi. Keyingi fazada qayta ishlab-chiqarishning samaradorligini oshishi orqasidan qo`shimcha mahsulotning normasi o`sadi, bu jamg`arma fondini ko`paytirib, bir vaqtni o`zida yangi texnologiya bazasida ishlab-chiqarish va mahsulotni yangilashga imkon beradi. Investitsiya kompleksining ulushi ham tegishli o`sadi.
Har bir sivilizatsiya ishlab-chiqarish munosabatlari tizimiga – (mulkchilik) o`zlashtirishning shakllariga taqsimot, ayirboshlashga sifat o`zgarishlarini kiritadi. Bu o`zgarishlar o`zining birinchi manbasi – insonga ega. Ishlab-chiqarishning ma`lum texnologik, tashkiliy shart-sharoitlarida optimal manfaat, motivatsiya mexanizmini yaratish zarur. Neolit sivilizatsiyasi uchun bir necha ishlab-chiqarish vositalariga o`zlashtirishni jamoa usuli muqarrar edi. Bunda asosan bir tekisdagi taqsimot, mahsulot almashuvining ilk ko`rinishi mavjud edi. Ammo o`shandayoq kamon, o`q, nayza ovchining shaxsiy mulki edi. Oila, jamoalar o`rtasida ham mulkiy tengsizlik paydo bo`la boshlagan edi. O`zlashtirish va taqsimotning bir tekisda teng taqsim bo`lishi unumdor ishlaydigan oila, mohir jangchining qo`shimcha topgan mahsuloti bilan rag’batlantirishning yo`qligi jamiyat taraqqiyotiga to`siq bo`ldi. Xususiy mulkchilikni paydo bo`lishi uning shakliga mos notekis taqsimot va ayirboshlash progressiv omil edi. Iqtisodiy munosabatlarning keyingi har bir shakli shu sivilizatsiya chegarasida bir qadam olg`a tashlash edi. Industrial sivilizatsiyaning oxirida bevosita ishlab chiqaruvchining o`z mehnati natijalaridan begonalashuvi yuz berdi. Buning sababi davlat monopolistik taziyqini qayta ishlab-chiqarish jarayonida ijtimoiy boylikni taqsimlash, qayta taqsimlashga aralashuvi o`z apogeyiga (cho’qqisi) chiqdi. Bu esa insonning, ishlab-chiqarish texnologiyasi bazasini navbatdagi bosqichi yo`liga o`tishiga xalaqit berdi. Mayatnik orqa tomonga tebrandi – kichik, xususiy va shaxsiy mulkning qayta tug`ilishiga, kichik va o`rta biznesning rivojlanishi, erkin konkurensiya, bevosita ishchining o`z mehnati natijalaridan manfaatdor bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu sivilizatsiya uning iqtisodiy tuzumi, mulkchilikning faqat bir shakliga asoslangan degan tushunchadan xoli bo`lish kerak. Iqtisodiyot hamma vaqt ko`p ukladli, unda o`zaro bog`langan hukmron mulkchilikning yetakchi shakli o`tmishda va tug`ilayotgan kelajak ukladlar unsurlari “birinchi skripka” rolini o`ynovchi hamma vaqt ham mukammal bo`lmagan orkestr bilan aralash bo`ladi.
Keyingi qavatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzumda yana turli xil shakllar kuzatiladi. Sivilizatsiyaning yetuk fazasidagi nisbiy ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlik o`tish davrida keskin, ijtimoiy-siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklar bilan almashadi. Chunki iste`mol fondi qisqaradi, ko`pgina oilalarni tirikchilik sharoiti yomonlashadi, aholini soni kamayadi, (tug`ilishni kamayishi, kasalliklar, urushlar) turmush darajasi pasayadi, inqiloblar, terror, talonchilik orqali boylikni kuch bilan taqsimlashga urinish kuchayadi. Bu to`plangan boylikdan voz kechishni istamagan mulkdorlarning keskin qarshiligiga uchraydi. Davlatlar o`rtasidagi, fuqarolik urushlari – turli ijtimoiy-siyosiy, milliy, diniy kuchlarning qarama-qarshiligi o`z navbatida ishlab chiqarishga salbiy ta`sir qiladi, ishlab-chiqarish kuchlarini yemiradi, jamiyatni orqaga uloqtiradi va madaniy me’rosning bir qismini yo`qotishga olib keladi. Imperiyalar, federatsiyalar parchalanadi. Davlat va huquq o`z kuchini sezilarli qismini yo`qotadi, jinoyatchilik o`sadi, korrupsiya davlat apparatini yemiradi. Boshqa bir necha marta bu mamlakat uchun og`ir bo`lgan yo`qotishlardan keyin lokal sivilizatsiyalarning o`z hayot siklini tugatib yo`q bo`lib ketishiga olib keladi. Lekin, ko`pincha iqtisodiy yuksalishning yangi ufqlariga chiqib olish, siyosiy va davlat tuzumini tartibga soladi. Bu jarayon o`z mulki va uni ko`paytirish usullarini himoya qilinishiga muhtoj bo`lgan yangi mulkdorlarning manfaatlariga mos keladi. Tuzum turli xil huquqiy shakllarda – demokratiyadan monarxiyagacha yoki tiraniya (ochiq diktatura) bo`lishi mumkin. Lekin har qanday sharoitda ham u ijtimoiy-siyosiy tartibni yangi sivilizatsiya shakllanishi va barqaror yashashi uchun qo`llab-quvvatlaydi.
O`rnatilgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzum piramidani cho`qqisida mafkuraviy qo`llab-quvvatlashga, oqlashga va jamiyatni ma`naviy dunyosida tadbiq etishga erishadi. Olimlar tantana qilgan tuzumni ob`ektiv zarurligi, adolatli va abadiy ekanligini isbotlashga harakat qiladilar.
Mafkurachilar va din arboblari uni qo`llab-quvvatlaydilar, hukmron axloqiy normalar uning qadriyatlariga moslashadilar. Ta`lim tizimi keyingi avlodlarga uning qadriyatlarini uzatishga yordam beradi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish