O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/252
Sana17.04.2022
Hajmi1,96 Mb.
#559327
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252
Bog'liq
Umumiy qoidalar

41 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu
Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish
oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud
shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi
masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish
imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
(41 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
TO‘RTINChI BO‘LIM 
JAZO VA UNI TAYINLASh
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan
qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki
ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda
mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
43-modda. Jazo tizimi
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi.
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
b ) majburiy jamoat ishlari;
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan “b ” band
bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v) axloq tuzatish ishlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
g) xizmat bo‘yicha cheklash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d ) ozodlikni cheklash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48 -moddasi.
1
1
1
1
1
1


15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
14/183
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan “d ” band
bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
e) intizomiy qismga jo‘natish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi.
j) ozodlikdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi.
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi
qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy
xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida
ham qo‘llanilishi mumkin.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish