18-modda. Hisob palatasi qonuniy talablarining bajarilishi majburiyligi
Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonun hujjatlariga rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonun hujjatlarini buzganlik faktlari bo‘yicha hozir bo‘lish va tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlar tekin taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |