O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari



Download 70,96 Kb.
bet12/69
Sana31.12.2021
Hajmi70,96 Kb.
#220354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Bog'liq
O`RQ 546

5-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari

30-modda. Hisob palatasining vakolatlari

Hisob palatasi:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab oladi;

o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning ma’lumotlar bazasidan foydalanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablag‘larining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi;

davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat o‘tkazish uchun o‘z vakolatlari doirasida jalb etadi;

Davlat budjeti daromadlari prognozining to‘g‘riligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning to‘liq yig‘ilishini va soliq solish obyektlarining to‘liq hisobga olinishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi;

o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi;

siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib tushishi hamda bu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, shuningdek soliq va budjet siyosati asosiy yo‘nalishlarining loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi;

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil qilingan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nazorat natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy ma’lumotlar va xulosalar kiritadi;

nazorat o‘tkazish davrida jinoyat alomatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

nazorat natijalari bo‘yicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilmaganligi uchun, shu jumladan ularning ijrosi jarayoni to‘g‘risidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali to‘liq, haqqoniy tarzda va o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, rasmiyatchilikka hamda masalalarni hal etish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi uchun vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablag‘ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni tashkil etadi;

Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha xulosa beradi;

budjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi;

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilishga haqli.




Download 70,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish