O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish
yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar
arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan
sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga
qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish
yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish
yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) arz qilinayotgan talab sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet
davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar
bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan
talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash
haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar
o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud
bo‘lsa;
4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan
fuqarolik ishlar bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik
sudida ushbu nizoni qo‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi
tugatilganligi holati mustasno.
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ish yuritishga qabul
qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar talab sudga taalluqli bo‘lmasa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga
taalluqli bo‘lsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko‘rsatishi shart.
(194-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)



Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish