O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sud zarur bo‘lgan taqdirda, ishni
mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) o‘z xotinini
(erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va
tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi,
shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib
turishi kerakligi to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
20-bob. Ish qo‘zg‘atish
188-modda. Ariza berish
Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza
berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.
189-modda. Arizaning mazmuni
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa,
uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil
tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa,
uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) da’vogarning talabi;
5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
6) da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon
qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar,
basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan
bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi
organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab
o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak.
Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari
raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa
xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron
hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish