O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

173-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
(173-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
3) talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
174-modda. Davlat boji
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo ishini yuritish uchun
belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
(174-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi
tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib
berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo
qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.
175-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 
194-
moddasida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi
hollarda ham rad etadi, agar:
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 
171-moddasida
 nazarda tutilmagan bo‘lsa;
2) qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda bo‘lsa;
3) huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa.
Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran
uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish
tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish