178-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni
Sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ishning raqami va buyruq berilgan sana;
(178-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi;
3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan eri
(pochta manzili);
Oldingi
tahrirga qarang.
4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta
manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari),
shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(178-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
5) talabni qanoalantirish uchun asos bo‘lgan qonun;
Oldingi
tahrirga qarang.
6) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan,
qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi
va bahosi;
(178-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-
572-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan
bo‘lsa;
9) qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat bojining summasi;
10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan e’tiroz taqdim etish muddati va tartibi.
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ida ushbu
moddaning
1 — 5
,
9
,
10-bandlarida
nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar
ko‘rsatiladi: qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ta’minoti uchun aliment undirilishi lozim bo‘lgan
har bir bolaning ismi va tug‘ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan to‘lovlar miqdori
hamda ularni undirish muddati.
Sud buyrug‘ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo‘yicha ushbu buyruq qanday
tartibda berilgan bo‘lsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |