O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kelishuv bitimining mazmuni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko‘rsatilgan holda taraflar tomonidan
kelishilgan shartlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro
etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin
emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish
to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq
yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi
shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar bo‘lishi mumkin.


Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud
mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal
qiladi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu
nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan
holda ko‘riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi
ko‘rsatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish
bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim chiqariladi va ish
yuritish tugatiladi.
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan
birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv
bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, ushbu moddaning
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda
kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda
ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga,
sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan
beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari bo‘yicha majburiy ijro etilishi lozim.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish