407 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan
ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya quyidagi ajrimlardan
birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqida;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish
to‘g‘risida.
Ushbu modda ikkinchi qismining
1
va
2-bandlarida
ko‘rsatilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi
shikoyatga (protestga) ilova qilingan hujjatlar bilan birga kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan
shaxsga ushbu Kodeksning
273-moddasida
nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi.
407 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni
quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga
ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunchilikka muvofiq
kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan yoxud apellatsiya
tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan
bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazilgan
muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya
shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda
to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan kassatsiya
shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim kassatsiya shikoyatini (protestini)
bergan shaxsning arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish
haqidagi ariza sud hujjatining kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida berilishi
mumkin.
Ushbu moddaning
to‘rtinchi qismida
ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng berilgan ariza
ko‘rib chiqilmaydi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda
berilgan deb hisoblanadi.