45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Oldingi
tahrirga qarang.
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan,
ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan
hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya
shikoyati berishi, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, prokuror
esa ushbu Kodeksda belgilangan hollarda kassatsiya protesti keltirishi mumkin.
(403-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
404-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va apellatsiya instansiyasi sudining
ajrimi ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
(404-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma
nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya
shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki protest keltirgan prokuror
zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma
nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi
mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki
xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash
to‘g‘risida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning
ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
(405-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |