O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish
Oldingi
 tahrirga qarang.


Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning o‘zi, uning homiysi, shuningdek
ushbu Kodeksning 
310-moddasida
sanab o‘tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan
fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish
to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 
310-
moddasida
sanab o‘tilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya
ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sog‘aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida
hal qiluv qarori qabul qiladi.
(315-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb
topish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud xarajatlari
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi
ishlarni yuritish bilan bog‘liq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi.
Agar sud ariza fuqaroning oila a’zolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning
muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab
berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila a’zolaridan undiradi.
32-bob. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu
muassasada yotishi muddatini uzaytirish
317-modda. Ariza berish
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning
statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi
tomonidan beriladi.
G‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan
asoslar ko‘rsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya
statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan erdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan
muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish